Oziqovqat.com — asosan fermerlar va oziq-ovqat işlab çiqaruvçi tadbirkorlar uçun möljallangan innovatsion platforma bölib, endilikda sayt YouTube ijtimoiy tarmoğida ham öz kanali faoliyatini yölga qöydi. Kanalda Özbekistondagi eng muvaffaqiyatli biznes egalari faoliyati mukammal tarzda yoritib boriladi. Kanal orqali sohaga endigina kirib kelayotgan, tajribali mutaxassislar fikriga muhtoj, omadli tadbirkor bölişni istagan biznesmenlar özlariga kerakli barça tavsiyalarni olişlari mumkin.

Oziqovqat.com’ning YouTube’dagi ilk körsatuvi Bonanza, Zörbanan va Bananjon brendlari asosçisi Ahmadjon Hamidov bilan böldi. Öz tadbirkorligini bundan 30 yil avval 2 kilogramm banandan boşlangan biznes egasi bugungi kunda oyiga 2500 tonna bananni Özbekiston bozorlariga yetkazib bermoqda. Şuningdek, körsatuvda koronavirusning banandan tarqalganligi haqidagi miş-mişlarga ham oydinlik kiritiladi.

Eslatib ötamiz, Oziqovqat.com orqali Özbekistonda faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat bozorlari, qişloq xöjaligi va Özbekistonning agrar sektori bilan boğliq turdoş sohalarda faoliyat körsatuvçilar – fermerlar, çorvadorlar hamda Özbekistonning turli şaharlaridagi manfaatdor mijozlarga ulgurji va çakana tarzda sotiş hamda xarid qiliş imkoniyati yaratilgan. Unda turli oziq-ovqat mahsulotlari, öramlar, uskunalar va boşqa tovarlarni yetkazib beruvçilar va işlab çiqaruvçilar öz mahsulotlarini sotişlari mumkin. Hozirga qadar Oziqovqat.com ilovasi va sayti işga tuşirilgan edi.