Şifoxona xodimining aytişiça, 15 yanvar kuni viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov viloyat perinatal markaziga kelgan va markazning qurilayotgan yangi binosi bilan tanişgan. Şundan söng, manbaga köra, markaz oldini oçiş uçun daraxtlarni kesiş böyiça topşiriq bergan.
Kun.uz hokimlikdan vaziyatga tezkor munosabat ola olmadi (qönğiroqlarimizga javob bölmadi). Biroq daraxtlarni kesişga muddatsiz moratoriy e’lon qilingan bir paytda, şifoxona hovlisidagi daraxtzorni yöq qiliş böyiça quyiroq mansabdagi odam buyruq bera olmasligini taxmin qiliş mumkin.




Andijon şahar obodonlaştiriş bölimi xodimlari topşiriq bölgani aytilgan 15 yanvarning özida, tun vaqtida işga kirişib, daraxtlarni kesiş işlarini boşlagan.
Qiziq jihati, daraxtlarni kesib, perinatal markazi hovlisidan olib çiqib ketayotgan obodonlaştiriş bölimi yuk maşinasining davlat raqamlari ham yöq. Bölim xodimlari Kun.uz muxbirining savoliga javoban avtomaşina yangi ekani, hali davlat raqami olişga ulgurişmaganini aytişdi. Ammo maşina yangiga öxşamasdi.


















