Samarqandda «1 million dasturçi» IT tanlovi ğolibi bölgan maktab öquvçisiga işlatilgan noutbuk berilgani töğrisidagi voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng munozaralarga sabab böldi. Voqea oqibatida tuman hokimi örinbosariga hayfsan berilgan, tuman XTB mutaxassisi işdan olingan.

Kun.uz muxbirlari Nurobod tumanida bölib, voqea iştirokçilariga mikrofon tutdi.

Videomurojaatdan skrinşot

Ma’lum bölişiça, yoş IT’çilar tanlovining tuman bosqiçida ğolib bölgan 41-maktab öquvçisi Sardor Sattorovdan taşqari yana ikki ğolib öquvçiga ham eski noutbuk sovğa tariqasida topşirilgan ekan.

Ustiga-ustak, Sardor Sattorovning videomurojaati internetda tarqalgaç, yakşanba kuni yarim tun soat birlarda unga şoşilinç almaştiriş uçun olib kelingan ikkinçi noutbuk ham eski bölgan.

Endi bu uç yigitga rağbat sifatida viloyat hokimligi tomonidan yangi noutbuklar berildi.

Biz voqealar rivoji bilan qiziqdik. Sardor Sattorov iştirok etgan yönalişda sinov ötkazgan TATU Samarqand filiali vakili tanlovning ötkazilişi haqida qisqaça tuşunça berdi.

Ilhom Boynazarov, TATU Samarqand filiali dasturiy kafedra mudiri, dotsent

«Tanlovning viloyat bosqiçi TATU Samarqand filiali platformasida test şaklida ötkazildi. Sardor Sattorov ham viloyat bosqiçida iştirok etgan va olimpiada talablari böyiça ballar ketma-ketligida 8-örinni egallagan. Tuman bosqiçida ham, viloyat bosqiçida ham sovrinli örinni egallaganlarga noutbuk, planşet va telefon mukofot tariqasida topşirilgan», — deydi TATU Samarqand filiali dasturiy kafedra mudiri Ilhom Boynazarov.

Voqea oqibatida hayfsan intizomiy jazosiga mubtalo bölgan Nurobod tuman hokimining yoşlar masalalari böyiça örinbosari Navrözbek Jaloliddinov tanlov ğoliblariga noutbuk beriş nizomda bölmaganini aytdi.