Dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlardan biri sifatida Özbekistonda energetika sektori ham jiddiy islohotlarni amalga oşirmoqda. “Öztransgaz” AJ tizimidagi özgarişlar tabiiy gaz uzatiş imkoniyatlarini yaxşilaş yölida qator tadbirlar amalga oşirilayotganidan dalolat beradi. Turkiyaning milliy tabiiy gaz uzatiş operatori BOTAŞ kompaniyasi bilan hamkorlik qilişga kelişib olingani ham şu yöldagi sa’yi-harakatlarga bir misoldir. “Öztransgaz” AJ öz faoliyatini takomillaştiriş maqsadida uşbu kompaniya bilan “Öztransgaz” AJ mutaxassislarining malakasini oşiriş va tajriba almaşiniş böyiça hamkorlikni yölga qöydi.

Foto: Öztransgaz
Foto: Öztransgaz

Kompaniya vakillari “Öztransgaz” AJda Boşqaruv raisi Behzot Narmatov bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvda ikki tomon vakillari mavjud imkoniyatlar va birgalikda amalga oşirilişi mumkin bölgan tadbirlar töğrisida söz bordi. Turkiyalik hamkorlar Toşkentga taşrifi doirasida “Öztransgaz” AJ tizimidagi muhandislik inşootlarini bevosita közdan keçirib, faoliyat jarayoni bilan tanişdilar. Taşrifning ikkinçi kunida amalga oşiriladigan yönalişlarni közda tutuvçi anglaşuv memorandumi imzolandi.

Foto: Öztransgaz

Hamkorlik doirasida “Öztransgaz” AJ gaz uzatiş tizimining muhim uçastkalaridagi mavjud muammolarni bartaraf etiş, gaz quvurlari va kompressor stansiyalarini quriş va rekonstruksiya qiliş, yer osti omborlarida tabiiy gaz saqlaş hajmini köpaytiriş, tabiiy gaz oqimini kuzatişda nazorat qiliş tizimi (SSADA)ni joriy etiş hamda yuqori bosimli gaz taqsimlaş punktlariga avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlarini joriy etiş kabi vazifalarni amalga oşirişda BOTAS kompaniyasining tajribasi örganiladi va tadbiq etiş böyiça imkoniyatlar baholanadi.

Foto: Öztransgaz

Şu örinda hamkor kompaniya haqida:

Turkiyaning "BOTAŞ Boru Hatlari Ile Petrol Taşima A.Ş." kompaniyasi neft va tabiiy gazni taşiş, gaz quvurlari ekspluatatsiyasi, tabiiy gaz va Suyultirilgan tabiiy gaz (STG) savdosi, tabiiy gaz va STG töplaş omborlarini quriş hamda undan foydalaniş böyiça katta tajribaga ega bölgan milliy kompaniya hisoblanadi.