Voqea Çilonzor tumani 3-daha, Çilonzor savdo markazi deb nomlanadigan hududda, tuman prokuraturasi binosining röparasida, katta yöl yoqasida röy bergan.
Yaqindagina Yunusobod tumani va Andijon şahrida sodir bölgan voqealar, bu holatlarning rezonansi va jamoatçilikning kuçli noroziligi yerlarni sotayotgan, qurilişga ruxsat berayotgan hokimliklar-u yerni sotib olayotgan investorlarga ogohlik qönğiroği ölaroq yangramayapti, şekilli.
Kun.uz muxbiri voqeani örganiş uçun Çilonzorga yöl oldi va aytilgan hududda 4 metrli baland tösiqlar röparasidan çiqdi.


Dastlab örab olingan hudud atrofidagi biznes egalarini tingladik. Ular tösatdan bir kunning içida, heç kimga tuşuntiriş bermasdan tösiq örnatib taşlangani, bu yerda nimalar bölayotganini tuşunmayotganlarini aytişdi.
Biz holat böyiça Çilonzor tumani hokimligi mas’ul vakili Sardor Maqsudov bilan boğlandik. Bizning sörovimizga labbay deya voqea joyiga yetib kelgan mas’ul holatdan xabardor ekanini bildirdi.
Toşkent şahar hokimining 2020 yil 3 sentyabrdagi qaroriga köra, Dream House Stroy kompaniyasiga Çilonzor 3-dahasidagi mazkur yerdan 20 sotix ajratilgan. Şu yerga tutaş obektlar egalari esa körsatilgan 20 sotix emas, 40 sotix yer örab olinganini ma’lum qilişdi.


Biz investor bilan boğlanişga harakat qildik va özini şu joyning egasi va investor deb taniştirgan Umar Ğafforov kameraga gapirişni istamagani holda daraxtlarni xatlovdan ötkaziş uçun Ekologiya qömitasi vakillari va bizga örab olingan hudud darvozasini oçib berdi.
U hududda birorta daraxtga zarar yetkazmasligini, kiçik daraxtlarni yaqin atrofdagi böş yerga köçirib ötkazib, parvarişini nazoratga olişini, katta daraxtlarga ziyon yetkazmagan holda quriliş qilişga va’da berdi. Investorning sözlariga köra, bu yerda biznes markaz va mehmonxona barpo etiladi.

















