Savdo bölimini kuçli xodimlardan taşkil topgan, tizimlaşgan jarayonlar asosida işlaydigan va eng muhimi muayyan daromad olib keladigan maşinaga aylantiriş yöllarini örganing!
- Savdo köngildagidek bölmayaptimi?
- Rejalar bajarilmayaptimi?
- Xodimlar tez-tez almaşib turadimi?
- Mijozlar raqobatçilarga ötib ketyaptimi?
- Savdodan keladigan foyda tuşib ketdimi?
- Xodimlarni samaradorligi pastmi?
- Nasiyaga sotişga töğri kelyaptimi?
Jarayonlar va boşqaruvçilarning malakasi töğrilanmas ekan, bu kabi holatlar takrorlanaveradi, çunki samarali savdo bölimi = yaxşi tizimlaştirilgan jarayonlar + qobiliyatli boşqaruv.

Yuqoridagi savollarning barçasiga jöyali javob, işonçli va aniq qöllanmalarni qayerdan topiş mumkinligi har bir yirik va kiçik biznes egalarini qiziqtiradi. Çunki bugungi kunda tadbirkor böliş osondir, ammo uni foyda keltiruvçi biznesga aylantiriş muşkul masala.
Pul, mehnat, energiya, vaqt sarflab biror sohada tadbirkorlikni boşlagan har bir biznesmen undan keladigan foydani közlaydi, albatta. Öz biznesini kengaytirişni, savdoni oşirişni va şu orqali öz brendini yangi çöqqilarga kötarişni orzu qilmagan tadbirkor – tadbirkor emas.
Ammo öz malakasini oşirmasdan bir joyda töxtab qoliş bu yöldagi eng katta tösiq hisoblanadi.
10 yildan buyon yurtimizdagi eng gigant korxonalarga savdoni oşiriş va tizimlaştiriş böyiça kömaklaşib kelayotgan Marketbridge asosçisi, savdo böyiça malakali konsultant va biznes-trener Akmal Nasriddinov öz biznesidagi savdoga oid muammolarni bartaraf etişni istagan tadbirkorlarni özining navbatdagi bir oylik kurslariga taklif etadi.

Savdo jamoasini şakllantiriş, rejalarni töğri qöyiş, hamma kamçiliklarni körsatuvçi hisobot va nazorat tizimlarini joriy qiliş, xodimlar va mijozlar uçun rağbatlantiriş dasturlarini işlab çiqiş va şu orqali savdo tizimini boşqarişni, barqaror ösişni va bugungi raqobatbardoşlik muhitida har qanday raqobatçilardan ustunlikni saqlaşni istaganlar uşbu kursda albatta qatnaşişi lozim. Zero, faqatgina tizimlaştirilgan narsani boşqarib böladi.











