Soliq tölovçilarga qulaylik yaratiş va ma’lumotlarni bir marta kiritiş orqali elektron hisob-fakturalardagi ma’lumotlarni avtomatik şakllantiriş maqsadida, 2022 yil 24 yanvardan quyidagi hujjat turlarida ixtiyoriy ravişda MXIK kodlarini aks ettiriş imkoniyati qöşildi:

  • işonçnoma;
  • tovar-transport yukxati;
  • dalolatnoma (bajarilgan işlar yoki körsatilgan xizmatlar töğrisida).

Davlat soliq qömitasidan ma’lum qilişlariça, işonçnoma rasmiylaştirişda MXIKlardan foydalaniş ixtiyoriy.

Agar EHFni avtomatik ravişda yaratiş zarur bölsa, işonçnomada MXIK körsatiladi.

MXIK bilan işonçnoma şakllantirilgandan söng, kontragent quyidagi amallar ketma-ketligini bajaradi:

“Qabul qilinganlar” bölimidan ➡️“Işonçnomalar”ga kiriladi, ➡ “Sizning imzongizni kutmoqda” bölimi tanlanadi va u yerda ➡ “Qabul qiliş va EHF yaratiş” tugmasi bosiladi.

Noruda foydali qazilmalarni realizatsiya qiluvçilar avtomatik tarzda EHF şalklantiriş uçun tovar-transport yukxati (TTY)da MXIK körsatişi şart hisoblanadi. Agar tovar-transport yukxati MXIK bilan şakllantirilgan bölsa, EHF yaratişda tovar-transport yukxati ID-kodi körsatilişi kerak.

Boşqa hollarda tovar-transport yukxatini şakllantirişda MXIK körsatilişi şart emas.

Dalolatnoma (bajarilgan işlar yoki körsatilgan xizmatlar töğrisida) şakllantirişda ham MXIKdan foydalaniş ixtiyoriy, deyiladi rasmiy xabarda.