Qozoğiston elektr tarmoqlari operatori – KEGOC kompaniyasi kriptovaluta “qazib oluvçi” korxonalarni vaqtinça elektr tarmoğidan uzib qöydi. Kompaniya 21 yanvar kuni mayner-korxonalarga bu haqda ogohlantiriş xati yuborgan, deya xabar bermoqda “Informbyuro”.
Xatda kriptovaluta “qazib oluvçilar”ga elektr energiyasi yetkazib beriş 24 yanvardan 31 yanvargaça töliq töxtatilişi yozilgan, bu Qozoğiston yagona energetika tizimidagi “elektr energiyasi va quvvat balansini saqlaş böyiça tarang vaziyat” bilan izohlangan.
Qozoğistonda blokçeyn va data-markazlar sanoati assotsiatsiyasi prezidenti Alan Dorjiyevning hisoblaşiça, elektr energiyasidagi muammolar katta ehtimol bilan maynerlar emas, infratuzilma bilan boğliq.
“Körinib turibdiki, mayning biznesi qariyb töxtaş arafasida, çunki elektr energiyasidagi bunaqangi uzilişlar bilan işlab bölmaydi. Biz neça marta gapirdik, muammo ildizi elektr energiyasida, maynerlarda emas. Bizda butun [energetika] tizim yetib kelgan, 70 foizdan ortiq stansiyalar eskirgan, ularning yoşi Qozoğiston böyiça örtaça 40 yoş.
Elektr energiyasi narxlarini doim jilovlab kelişdi, sanoatda esa jiddiy moliyaviy çanqoqlik yuzaga keldi. Maynerlar esa, aslida, muayyan vaziyatda KEGOC va Energetika vazirligi uçun özini oqlaş imkoniyati bölib xizmat qildi”, – degan Dorjiyevning sözlarini keltirgan “Informbyuro”.
Mayning, ya’ni maxsus kompyuter texnikalari yordamida kriptovaluta işlab çiqariş sanoati köp miqdorda elektr energiyasini talab qiladi. Ötgan yili sentyabr oyida Xitoy hukumati mamlakatda kriptovalutalar bilan boğliq har qanday turdagi operatsiyani taqiqlagaç, köplab kriptomaynerlar uskunalarini Qozoğistonga köçirgan edi. Natijada Qozoğiston kriptovaluta “qazib oliş” reytingida AQŞdan keyin ikkinçi öringa çiqib olgandi.
Qozoğistonda kriptomayning keskin ösişi fonida 2021 yil kuzidan boşlab mamlakatda elektr uzilişlari tezlaşgani kuzatilgan. Hukumat buni noqonuniy maynerlar faoliyati bilan boğlaydi.
25 yanvar kuni Markaziy Osiyo yagona elektr tarmoğida katta avariya röy berib, Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistonda keng miqyosli elektr uzilişlari röy berdi.














