30 dan ortiq totalizator va bukmekerlik faoliyatiga aloqador saytga kirish cheklab qo‘yilgan
O‘zbekistonda totalizator va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish va bunday xizmatlarni reklama qilish qonunan taqiqlanadi.

Foto: Kun.uz
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot kotibi Mohruxsor Tog‘ayeva o‘tgan yildagi reklama qonunchiligi buzilgan holatlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, noqonuniy reklamalarning oldini olish maqsadida 2021yilda 27 mingga yaqin o‘rganishlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 15 ming 486 holatda turli kamchiliklar aniqlangan.
Bugungi kunda respublikada totalizator va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish va albatta, bunday xizmatlarni reklama qilish noqonuniy hisoblanadi. Shu maqsadda o‘tkazilgan 1105ta o‘rganishlarning 102tasida bunday xizmatlar reklamasi aniqlangan va ularning barchasi bartaraf etilgan.
«Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda 30dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini noqonuniy ravishda yurituvchi saytlarga kirish cheklab qo‘yildi. Bu sohadagi ishlar davom etmoqda», deyiladi bayonotda.
Shunindek daraxtlarga o‘rnatilgan 3416ta noqonuniy reklama va e’lonlar olib tashlanishi ta’minlangan.
Bundan tashqari, moddiy-madaniy meroslarning 386ta ko‘chmas mulk obektlarida tashqi reklamani joylashtirish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilgan. Natijada 25 dan ortiq holatda ruxsatsiz reklama joylashtirilganligi aniqlangan va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

13:44 / 20.09.2023
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi

19:21 / 12.06.2023
Toshkent mezbonlik qilayotgan futbol musobaqasida qimor o‘yinlari noqonuniy reklama qilinmoqda

13:10 / 06.12.2022
Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi

17:47 / 21.11.2022