Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining a’zolari umumiy yiğilişida assotsiatsiya raisi Firdavs Abduxoliqov öz xohişiga binoan lavozimidan ozod etildi.

Foto: Uzreport TV

Abduxoliqov 2019 yil sentyabridan buyon Kinematografiya agentligi («Özbekkino») boş direktori ham hisoblanadi.

UzReport xabar berişiça, uning örniga Şerzodxon Qudratxöja tayinlandi. Şu munosabat bilan u Xalqaro press-klub raisligidan ketgan. 

Foto: Uzreport TV

Şerzodxon Qudratxöja 2018 yil mayidan buyon Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori hisoblanadi. U universitet rektori sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Firdavs Abduxoliqov 2003 yildan, Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi taşkil etilganidan buyon taşkilot raisi edi. Uning lavozimdan ketişi qizi Amira Raşidova rahbarligidagi «Sevimli» telekanali atrofida röy bergan mojarodan keyin röy berdi.

Ötgan oyda uşbu telekanaldagi «Sabriya» serialida axloqsiz sahna efirga uzatilgaç, Kinematografiya agentligi boş direktori Firdavs Abduxoliqovning aralaşuvi bilan telekanal boş direktori va boş muharriri vazifasidan böşatildi.

Mazkur voqea fonida davlat buyurtmalarini olgan «Sevimli» telekanali Abduxoliqovning oila a’zolariga tegişli ekani ma’lum böldi. Holat yuzasidan tekşiruv ötkazgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi manfaatlar töqnaşuvi borligini tasdiqladi. Ayni paytda holat yuzasidan prokuratura örganiş ötkazmoqda.

Ma’lumot uçun, Firdavs Abduxoliqov kino sohasida vakolatli davlat organini 2019 yildan buyon boşqarib kelmoqda.