Xalq deputatlari Qiziriq tumani kengaşining navbatdan taşqari qirq törtinçi sessiyasi ötkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sessiya işida Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov iştirok etdi. Unda tumanning barça sohalardagi körsatkiçlari yaxşi emasligi, aholiga qulay şaroitlar yaratiş borasida yetarli darajada iş olib borilmayotgani hamda kelgusida bajarilişi lozim bölgan işlar haqida söz yuritildi.

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Ilhom Yusupov tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi. Denov tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Rustam Pardayev Qiziriq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

R. Pardayev 1979 yil 7 aprelda Qiziriq tumanida tuğilgan. 2006 yil Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi - iqtisodçi. 

Mehnat faoliyati davomida AT “Mikrokreditbank” Jarqörğon filiali boşqaruvçisi va viloyat filiali, viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantiriş boş boşqarmasi, investitsiyalar boş boşqarmasi, investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari, 2020 yildan to şu kungaça Denov tumani hokimi lavozimida işlagan.

Ma’lumot uçun, Ilhom Yusupov 2020 yilning 11 iyul kunidan Qiziriq tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgan edi.

  • Avvalroq, Denov tumani hokimi lavozimiga boş vazir tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari faoliyatini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş kotibiyati mudiri lavozimida işlab kelgan Abdumalik Allamurodov tayinlangandi.