Bugun, 5 noyabr kuni Xalq deputatlari Denov tuman kengaşining sessiyasi bölib ötdi. Uşbu sessiyada taşkiliy masala körib çiqilib, Denov tumani hokimi Baxtiyop Ibotov vazifasidan ozod etildi.
Denov tumani hokimi lavozimiga Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Rustam Pardayev tasdiqlangan.

Rustam Pardayev 1979 yilning 7 aprelida Qiziriq tumanida tuğilgan. 2006 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Turli yillarda «Mikrokreditbank» oçiq aksiyadorlik tijorat banki Jarqörğon tumani, Surxondaryo viloyati filiallari rahbari, viloyat Investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.
U 2019 yilning may oyidan Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari vazifasida iş boşlagandi.
Baxtiyor Ibotov 2018 yil 11 noyabrdan buyon Denov tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi. U muqaddam Qiziriq tumani hokimi bölgan, 2016-2018 yillarda Angor tumanini boşqargan.













