2023 yil 7 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Termiz tuman sudi binosida oçiq sud majlisida (raislik qiluvçi O.Begimqulov) jinoyat işini körib çiqqan.
Sud işida Rustam Ubodullayeviç Pardayev Özbekiston Respublikasi JKning 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 2-qismi «a» bandi, 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi «a» bandi, 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Rustam Ubodullayeviç Pardayevga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 2 yil-u 6 oy muddatga davlat organi, davlat iştirokidagi taşkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilinib, 8 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda ötattirilişi, jazoni ötaş muddati 2023 yil 5 iyul kunidan boşlab hisoblanişi belgilandi.
Ma’lumot uçun, Rustam Pardayev JKning 205-moddasi 2-qismi «a» bandi, 205-moddasi 2-qismi «a» bandi, 209-moddasi 2-qismi «a» bandi, 167-moddasi 3-qismi «a» bandi, 28,209-moddasi 2-qismi «a» bandi, 228-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari, 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, 205-moddasi 2-qismi «a» bandi, 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblangan edi.
Oliy sud xabariga köra, hozirgi kunda R. Pardayev va uning himoyaçilari tomonidan birinçi instansiya sudining hukmi ustidan apellyatsiya tartibida berilgan şikoyati Surxondaryo viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida köriş uçun rasmiylaştirilmoqda.
- Rustam Pardayev – 1979 yil 7 aprel kuni Qiziriq tumanida tuğilgan. Muqaddam turli yillarda «Mikrokreditbank» oçiq aksiyadorlik tijorat banki Jarqörğon tumani, Surxondaryo viloyati filiallari rahbari, viloyat Investitsiyalar va taşqi savdo boşqarmasi boşliği lavozimlarida faoliyat körsatgan.
- 2019 yil mayidan 2020 yil noyabriga qadar Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari bölgan, 2020 yil oxiridan 2022 yil boşiga qadar Denov tumani hokimi lavozimida, 2022 yil fevralidan Qiziriq tumani hokimi lavozimida












