Quva savdo kompleksida yirik yonğin sodir böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.

Bugun, 1 fevral kuni soat 06:23 da Farğona viloyati, Quva tumani «Ğalaba» MFY, Böston köçasida joylaşgan Quva savdo kompleksida (bozor) taxminan 25 ta kiyim-keçak dökonining tomi, şifti va içki qismi yongan.

Yonğin öçiriş ekipajlari voqea joyiga soat 06:27 da yetib borib, yonğin soat 07:10 da qurşab olinib, soat 07:37 da öçirildi.

Qayd etilişiça, hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati oliş va halok böliş holatlari qayd etilmagan.

Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVBlari rahbar xodimlari va 11 ta yonğin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Hozirda yonğin sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.