4 fevral kuni Özbekiston delegatsiyasi XXIV qişki Olimpiya öyinlarining oçiliş marosimida 7SABER sport kiyimida iştirok etadi. Muharrirlar ixtiyorida maşhur brend tomonidan Pekindagi tanlov uçun maxsus yaratilgan ekipirovka suratlari mavjud.

Eslatib ötamiz, avvalroq 7SABER Tokio öyinlarida mamlakatimiz olimpiya terma jamoasining hamkori sifatida iştirok etgandi. Aynan öşanda özbekistonlik sportçilarning sport ekipirovkalari Cosmopolitan jurnalining moda reytingiga kirgan edi. Bu safar 7SABER dizaynerlari özlarining tanlagan uslublariga sodiq qolib, urğuni yalpiz rangdan firuza rangga özgartirdilar. Ixçamlik foydasiga milliy bezaklardan voz keçdilar.

Voqeani şarhlar ekan, 7SABER brendi hammuassisi va rahbari Oraz Abdurazakov şunday dedi: «Biz Milliy olimpiya qömitasiga bildirilgan işonç uçun minnatdormiz: kompaniya uşbu muhim talabni öz vaqtida va sifatli uslubda, yuqori darajada bajariş uçun barça imkoniyatlarni işga soldi. Aytişim mumkinki, Tokio musobaqalari uçun yaratgan olimpiya kiyimlarimiz muxlislar orasida katta muvaffaqiyatga erişdi, şuning uçun bu safar ham ularning umidlarini oqlaymiz, degan umiddamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda davlat budjetidan ekipirovka işlab çiqariş uçun qança mablağ sarflangani haqida ötgan yozdagi kabi bölib ötgan muhokamalarni kutar ekanman, 7SABER öşanda ham, hozir ham olgan aniq summasini rasman ayta olaman: roppa-rosa nol söm. Gap şundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlarida bölgani kabi Özbekistonda ham MOQning rasmiy hamkorlari sportçilarni forma bilan mutlaqo tekin ta’minlaydi – bu umumiy qabul qilingan amaliyotdir. Bilasizmi, öyinlar masalasida pul umuman asosiy narsa emas: 7SABER kompaniyasi uçun respublikamiz Olimpiya delegatsiyasiga ikkinçi bor homiylik qiliş katta şaraf va bu hamkorlik davom etişiga çin dildan umid qilaman».








