Bugun, 3 fevral kuni haydovçilik guvohnomasini oliş uçun imtihon topşiriş böyiça Toşkent imtihon markazi taqdimoti bölib ötdi. Yangihayot tumanida joylaşgan mazkur imtihon markazi – haydovçilik guvohnomasini oliş böyiça imtihon ötkaziladigan Özbekistondagi ilk avtomatlaştirilgan imtihon kompleksi hisoblanadi.

Tadbirda içki işlar vaziri örinbosari Bekmurod Abdullayev sözga çiqib, yangi tizimning imkoniyatlari va kutilayotgan natijalar haqida gapirdi.

“Bu kabi markazlarda imtihonlar töliq inson omilidan xoli tarzda, avtomatlaştirilgan elektron tizim orqali qabul qilinadi. Bu esa haydovçilik guvohnomasini oliş uçun nazariy va amaliy imtihonlarni topşirişi jarayonidagi korrupsion holatlarga çek qöyadi.

Endi tasavvur qiling, agar imtihon tizimi şaffof va adolatli bölsa, faqat öqigan va yetarli malakaga ega fuqarolargina haydovçilik guvohnomasini olsa-yu, qolganlar yoppasiga imtihondan yiqilişni boşlasa, bu bizga nima beradi?

Birinçidan, bu teskari zanjir reaksiyasini hosil qiladi va avtomaktablarda ta’lim sifati oşişiga olib keladi. Çunki hozir avtomaktablar asosan narxning arzon va qimmatligi böyiça raqobatlaşmoqda xolos. Köpçilik fuqarolarni ham, avtomaktablar ma’muriyatini ham ta’lim sifati unçalik öylantirayotgani yöq. Lekin endilikda imtihondan pul, taniş-biliş orqali bilan topşirişning imkonini qila olmagaç, öz-özidan öqişga majbur böladi, mas’uliyatsiz avtomaktablar esa yoki işini yiğiştiradi, yoki vanihoyat sifatli ta’lim berişni boşlaydi.

Ikkinçidan, faqat yetarli bilim va malakaga ega haydovçilarga guvohnoma berilişni boşlagaç, yöllarimizda ham haydovçilik madaniyati oşadi, yöl-transport hodisalari kamayadi. Çunki xohlaymizmi, yöqmi, aksariyat noxuş holatlar aynan bilimsizlik ortidan yuzaga kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, endi puli yoki tanişi borlar emas, faqat bilimi borlargina rulga ötiradi, yölga çiqadi. Biz bundan boşqasiga rozi emasmiz va bunga yöl ham qöymaymiz”, dedi Bekmurod Abdullayev.