Özbekistondagi ilk avtomatlaştirilgan imtihon kompleksi – haydovçilik guvohnomasini oliş uçun imtihon topşiriş böyiça Toşkent imtihon markazi taqdimot marosimi bölib ötdi. Unda nutq sözlagan içki işlar vaziri örinbosari Bekmurod Abdullayev yangi tizimdan kuzatilişi mumkin bölgan ehtimoliy noroziliklar va ularning yeçimlari haqida gapirdi.
“Biz imtihon jarayonini qat’iy nazorat ostida, inson omilidan xoli qilib olişni boşlaganimizdan keyin, imtihondan yiqiluvçilar soni ham köp bölişi tabiiy. Nimaga? Çunki hozir avtomaktablarda öqitiş sifati juda past; bundan taşqari, ming afsuslar bölsinki, öqimasdan haydovçilik guvohnomasini oliş xalqimizning ongiga şu darajada singib ketganki, birdaniga insonlar dunyoqaraşini özgartiriş qiyin. Köpçilik öqişning örniga, taniş qidirişga tuşib ketişi ham heç gap emas.

Bu kabi imtihon markazlari iş boşlagaç, ijtimoiy tarmoqlarda imtihondan yiqilganlarning noroziligi, e’tirozlari, yangi tizimning kerak emasligi haqida gap-sözlar köp bölişi mumkin va şaxsan biz bunga ruhan tayyormiz. Agar prezidentimiz bu borada siyosiy iroda körsatmaganlarida edi, bunaqa revolyutsion qadam qöya olmagan bölardik. Bunaqa keskin islohotlar esa doim ham barçaga yoqavermasligi mumkin, ayniqsa avvalgi tizimdan manfaatdor insonlarga.
Şuning uçun yana bir bor ta’kidlamoqçimanki, yangi imtihon markazlari böyiça har qanaqa asosli e’tiroz va tanqidlar bölsa, biz buni töğri qabul qilamiz hamda xalqimizga, jurnalist va blogerlarga doim oçiqmiz. Ammo sizlardan iltimos, asossiz, şunçaki eski korrupsion tizimni xohlab kör-körona qilinadigan tanqidlarga oğir-bosiqlik va xolislik bilan munosabat bildirsalaringiz, xursand bölar edik.
Aytmoqçimanki, bir narsani unutmaylik, bu islohotlarning barçasi faqat va faqat xalqimiz uçun, inson qadri uçun, fuqarolarimiz hayoti va salomatligi uçun”, dedi içki işlar vaziri örinbosari Bekmurod Abdullayev.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda haydovçilik guvohnomasini olişning yangi tizimini yaratiş, uni korrupsiyadan xoli tizimga aylantiriş böyiça harakatlar olib borilmoqda.








