Manbaning ma’lum qilişiça, JIB Namangan şahar sudida işi körilayotgan sudlanuvçi M.O.ning otasi J.K.ga özini sudya yordamçisi deb taniştirgan şaxs taklif bilan çiqib, iş böyiça “yengillik beriş” evaziga 1000 dollar söragan. Sudlanuvçining qarindoşi 700 dollar berişini aytgan va şunça summaga kelişuv bölgan.

Şundan söng, sudlanuvçining qarindoşi holat haqida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar berib, qonuniy çora körişni söragan. J.K. öz arizasida özini sudya yordamçisi deb taniştirgan şaxs sud majlisida iştirok etganini, sud majlisi tugaganidan söng, uning oldiga kelib pul tama qilganini ma’lum qilgan.

Arizaga asosan 2022 yil 2 fevral kuni ötkazilgan tezkor tadbirda sobiq sudya yordamçisi M.M. JIB Namangan şahar sudida faoliyat yurituvçi yuqori lavozimdagi tanişlari orqali sudlanuvçiga nisbatan “yengillik beriş” evaziga 700 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni olgan. Şu jarayonda tezkor tadbir ötkazilayotganidan xabar topgan M.M. tezkor tadbir iştirokçilariga qarşilik körsatib, boşqaruvida bölgan Lacetti avtomobilida voqea joyidan qoçgan. Keyinroq u uşlangan. 

Tezkor tadbirda foydalanilgan 7 dona 100 dollarlik kupyuralar xolislar iştirokida olingan.

Ma’lum bölişiça, M.M. JIB Namangan şahar sudida 2019 yil yanvaridan 2021 yil yanvariga qadar sudya yordamçisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Qöşimça qilinişiça, holat böyiça M.M.ga nisbatan JKning 25,168-moddasi (firibgarlik, ya’ni aldaş yoki işonçni suiiste’mol qiliş yöli bilan özganing mulkini qölga kiritişga suiqasd qiliş) 1-qismi va 28,211-moddasi (davlat organi mansabdor şaxsiga pora berişga dalolat qiliş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, u protsessual  tartibda uşlangan.