Toşkent davlat texnika universitetida an’anaviy (oflayn) darslarga qaytiş grafigiga asosan, talabalar universitetga bosqiçma-bosqiç qaytişadi.
TDTUning 1-bosqiç talabalari 21 fevraldan, 2-bosqiç talabalari esa 14 fevraldan, 3- va 4-bosqiç hamda magistratura talabalari 7 fevraldan oflayn öqişga qaytadi.
Universitet Öquv işlari böyiça prorektori Orifjon Zaripov Kun.uz bilan suhbatda ma’lum qilişiça, mazkur grafik avgust oyida tasdiqlangan.
“1-bosqiç talabalari 21 fevraldan, 2-bosqiç talabalari 14 fevraldan, 3- va 4-bosqiç hamda magistratura talabalari 7 fevraldan oflayn öqişga qaytişi rost. Biroq bu grafik öquv yili boşida, ya’ni ötgan yil avgust oyida tasdiqlangan.
1- va 2-bosqiç talabalari kredit-modul tizimi böyiça kerakli ballarni töplolmay, qarzdorlik vujudga keladigan bölsa, yetarliça ballarni töplaşga ulgurişlari uçun grafik böyiça ular bahorgi semestrni keçroq, ya’ni 21 va 14 fevraldan boşlaşadi.
1- va 2-bosqiç talabalari 14 va 21 fevralgaça onlayn körinişda ta’lim olişmaydi. Modul tizimi böyiça qarzdorligi bölmagan talabalar öqiş boşlanişini kutadi, qarzdorligi bor bölgan talabalar esa öqiş boşlangunça bölgan davrda qayta topşiriş orqali kerakli ballarni töplaydi. Har qanday holatda ham ular onlayn şaklda öqimaydi”, – dedi prorektor.
Ayni paytda, Toşkent axborot texnologiyalari universitetining Qarşi filiali ham kunduzgi ta’lim şaklidagi talabalar uçun öquv jarayoni grafigi tasdiqlanganini ma’lum qildi. Unga köra:
- 1-kurs talabalari: 7 martdan an’anaviy tarzda bahorgi semestr uçun öquv jarayoni boşlanadi. 12 fevralgaça oraliq va yakuniy nazoratlarni ONLAYN topşirişadi. 14 fevraldan 5 martgaça ta’tilda bölişadi.
- 2-kurs talabalari: 14 fevraldan an’anaviy tarzda bahorgi semestr boşlanadi. 7 fevraldan 14 fevralgaça ta’tilda bölişadi.
- 3-kurs talabalari: 21 fevraldan an’anaviy tarzda bahorgi semestr boşlanadi. 7 fevraldan 19 fevralgaça ta’tilda bölişadi.
- 4-kurs talabalari: 7 fevraldan an’anaviy tarzda bahorgi semestr boşlanadi.








