Qayd etilişiça, Hisor davlat qöriqxonasi hududida yaşaydigan qor qoploni muşuksimonlar oilasiga mansub  bölgan va “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob tur hisoblanadi. 

“Qöriqxonaning Tanxozdaryo bölimi davlat nazoratçisi Jamşid Berdaliyev tomonidan  Quralay soyiga qöyilgan kamera obektiga ikki boş qor qoploni muhrlandi”, deyiladi xabarda.

2021 yilning yanvar oyida ham Qaşqadaryodagi fotoqopqon yana bir qor qoplonini suratga olgandi.

Eslatib ötamiz, Hisor davlat qöriqxonasiga kameralar BMT Taraqqiyot dasturi homiyligida örnatilgan. Fotoqopqonlar 2020 yilning mart-aprel oylarida ham qor qoplonini tasvirga tuşirgandi.

Qor qoploni Özbekistonning yuqori qor tizmalarida yaşaydi. U sayyoradagi hayvonot olamining kamyob turlaridan biri hisoblanadi.