Ta’kidlanişiça, 4 fevral kuni Milliy olimpiya qömitasida bölib ötgan Özbekiston Voleybol federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasida Özbekiston Voleybol federatsiyaga rahbar saylaş masalasi ham körib çiqilgan.
Unda Özbekiston Voleybol federatsiyasi rahbari lavozimiga oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov nomzodi ilgari surilib, bir ovozdan ma’qullangan.
«Abduqodir Toşqulov Özbekiston Voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylandi. Vazirlik jamoasi Abduqodir Hamidoviçni mazkur mas’uliyatli lavozim bilan qutlab, yurtimizda voleybol sport turini rivojlantiriş va uni yoşlar orasida keng ommalaştirişdagi işlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi», – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uçun, Voleybol federatsiyasi raisi lavozimi örni uning avvalgi raisi, sobiq jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyevning 2021 yil 29 yanvar kuni vazirlikdan ketişi ortidan böş qolayotgandi.









