Davlat bojxona qömitasi eksport-import amaliyotlari bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarga murojaat qilib, 2022 yil 1 yanvardan e’tiboran “Tovarlarni elektron deklaratsiyalaş” va “TIF qatnaşçisining şaxsiy kabineti” interaktiv xizmatlaridan faqat maxsus himoyalangan qurilmaga saqlangan ERI orqali foydalana olişlarini ma’lum qildi.

Ta’kidlanişiça, hukumatning tegişli qaroriga muvofiq, eksportyor va importyorlar deklaratsiya va unga tegişli hujjatlarni elektron nusxalarini öşa maxsus himoyalangan qurilmalarda saqlangan elektron raqamli imzo (ERI) bilan imzolangan holda taqdim etilişi lozim.
Maxsus himoyalangan qurilmalarda saqlangan ERIni Davlat soliq qömitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi — elektron raqamli imzolar kalitlarini röyxatga oliş markazidan oliş mumkinligi aytiladi.

Uşbu e’lon taşqi savdo sohasidagi tadbirkorlar örtasida muhokamalarga sabab böldi. Ijtimoiy tarmoqda kimdir markaz qayerdaligi, ERIni oliş uçun nima qiliş kerakligini söragan bölsa, boşqa tadbirkor kalitni kim berişi noma’lumligi, şu bois qönğiroq qilib ovora bölişning hojati yöqligi haqida yozadi. “Odatdagidek, avval qaror çiqadi, söngra biz ijrosi uçun yuguramiz”, deydi foydalanuvçilardan biri.
“E’lon böyiça telefon raqamiga qönğiroq qildim. Davlat soliq qömitasi koll markaziga tuşdim. Operator javobiga köra, maxsus himoyalangan qurilmaga saqlangan ERIni Davlat xizmatlari markazlari berar ekan. DXM bilan ham gaplaşdim, ular “maxsus himoyalangan qurilmaga saqlangan ERI” haqida heç qanday ma’lumotga ega emas ekan.
Xullas, yuqoridagi e’lon böyiça maxsus himoyalangan qurilmaga saqlangan ERIni kimdan olişni bilmadim”, – deya yozadi boşqa bir foydalanuvçi.
Izohlardan yana birida maxsus himoyalangan qurilmagan saqlangan ERI haqida biroz tasavvur beradi.
“Yangi ‘klyuç’ olinarkan. Yangi ‘klyuç’ sim-kartalik ekan. Toşkentda “Abu-Saxiy”da 290 ming sömdan sotyapti ekan. Faqat naqdga. Tel raqami: 97745xxxx, 97400xxxx. Klyuçni olgandan söng Yunusobodda programma örnatiş kerak ekan. Programmalaş uçun:








