Toşkent viloyati Qibray tumanida joylaşgan sellofan paket va qadoq işlab çiqaruvçi Maya Plast zavodi uç qismga bölinadi. Dastlabki bosqiçda Rossiyadan keltirilgan va mahalliy xomaşyodan oddiy sellofan işlab çiqariladi, ikkinçi bosqiçda unga dizayn muhrlanadi va yakunda qadoq-paketlar tayyor holatga keltiriladi.

Kompaniya asosçisi Asror Toirov Maya Plast’ning dunyoga keliş tarixi bilan örtoqlaşdi.

“Özim tadbirkorlar oilasida tuğilganman. Yaşaşimiz yaxşi edi. Dadam öqisin, dunyoqaraşi kengaysin deb Amerikaga öqişga jönatgan. Lekin oilaviy biznesimiz kasodga uçrab, Özbekistonga qaytişga majbur böldim. Ukam bilan birga ota kasbni örganib, yordamga kirişdik.

Avvallari biznesda hamma narsa mumkin, bu şunçaki iş deb tuşunardim. Vaqti kelganda savdoga yolğon ham aralaşib ketardi. Lekin Islom ruhimga özgariş olib kirdi. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblarini öqib, hayotimga va biznesga tatbiq eta boşladim. Halollikda baraka borligiga özimiz guvoh böldik. Uylaniş davrlari kelib, otamdan oq fotiha olgan holda özim alohida kompaniyaga asos soldim”, deydi u.

Bugungi kunda yaxşi tanilgan köplab brendlarga xizmat körsatib kelayotgan Maya Plast kompaniyasi öz mijozlariga yuqori sifatdagi sellofan paket va işlab çiqaruvçilarning mahsulotlariga bejirim körinişdagi qadoqlarni taklif qilyapti. Narxlar buyurtma hajmiga qarab belgilanişi, salmoği yirik kelişuvlarga bonus sifatida dizayn va qolip tayyorlaş işlari bepul amalga oşirib berilar ekan. Korxonada 50 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda.

Bu turdagi biznesga qay darajada talab va ehtiyoj bor ekaniga qiziqdik. Ma’lum bölişiça, bozorda şu yönalişning özida raqobatçilar yetarliça topilar ekan. Aytişlariça, ularning katta-kiçikligi uskunalarning turi, xizmatning sifati va bir vaqtda bajarib berilayotgan iş kölamiga qarab farqlanadi.