Bugungi kunda ko‘pchilik o‘zbek tomoshabinlari davlat va xususiy studiyalarda olinayotgan aksar filmlarning bir xilligi hamda o‘ta maishiylashib ketganini tanqid qiladi.

Kinotanqidchilardan ham tomoshabinni bachkanalik bilan kinoteatrlarga jalb qiladigan va didni buzayotgan filmlar ko‘paygani haqida ko‘p eshitamiz.

Ammo... Tanqidlarga qaramay, o‘zbek kinosining oltin sandig‘idan o‘rin olgan va olayotgan, badiiy saviyasi, tarbiyaviy ahamiyati yuqori, hayot va tuzum haqiqatlari bor bo‘y-basti bilan ko‘rsatilgan filmlar ham ko‘pki, vaqt o‘tgan sari ular o‘z qiymatini oshirib boraveradi.

Kun.uz muxbiri taniqli rejissyorlar, ssenariynavislar va san’atshunoslar bilan bog‘lanib, ularning o‘zbek kinotomoshabinlari tomonidan ko‘rilishi shart bo‘lgan o‘zbek filmlari bo‘yicha tavsiyalari bilan qiziqdi.

Ma’lumot uchun: Kinoijodkorlardan shartli ravishda beshtadan film tavsiya qilish so‘raldi.

Erkin A’zam, yozuvchi va kinossenarist

Foto: ziyouz.uz

1. «Sen yetim emassan» – 1962 yilda rejissyor Shuhrat Abbosov tomonidan suratga olingan.

2. «O‘tkan kunlar» – 1969 yilda rejissyor Yo‘ldosh A’zamov tomonidan suratga olingan.

3. «Vatan» – 2006 yilda rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan. 

4. «O‘rtoq Boykenjayev» – 2002 yilda rejissyor Yusuf Roziqov tomonidan suratga olingan.

5. «Shum bola» – 1977 yilda rejissyor Damir Salimov tomonidan suratga olingan.

Nigora Karimova, san’atshunoslik fanlari doktori, kinoshunos

Foto: Kun.uz

1. «Nasriddin Buxoroda» – 1943 yilda rejissyor Yakov Protazanov tomonidan suratga olingan.

2. «Tohir va Zuhra» – 1945 yilda rejissyor Nabi G‘aniyev tomonidan suratga olingan.

3. «Sevishganlar» – 1969 yilda rejissyor Elyor Eshmuhammedov tomonidan suratga olingan.