Şahzoda Çarlz şahzoda Endryuga «közdan yöqoliş»ni buyurdi va Vindzor qal’asidan quvib yubordi. Bu haqda öz manbalariga tayanib The Sun xabar berdi.
Manbalarning aytişlariça, qiroliça Yelizaveta II ning farzandlari Endryu aralaşib qolgan zöravonlik bilan boğliq mojarodan söng «uruş söqmoği»da turibdi.
Endryu qiroliça uni ötgan oyda barça qirollik huquqlaridan mahrum qiliş uçun çaqirganidan buyon qal’a atrofida körinmadi.
«U qaytib körinmasligi haqida ogohlantirildi. Çarlz ukasining kunora baxtli körinişda va qal’a yonida qöl silkitib turganini suratga olişlarini istamaydi», - degan manba.
Avvalroq Yelizaveta II 61 yoşli şahzoda Endryuni barça faxriy harbiy unvonlari va qirollik imtiyozlaridan mahrum qilgandi. U sudda jismoniy şaxs sifatida qatnaşadi.
Şahzoda Endryu Amerika-avstraliyalik faol Virjiniya Juffre tomonidan zöravonlikda ayblanmoqda. Uning ta’kidlaşiça, qiroliçaning öğli yuqori martabali şaxslarning şahvoniy maqsadlari uçun ösmirlarni yetkazib beriş bilan şuğullangan biznesmen Jyeffri Epşteynning xizmatlaridan foydalangan. Şahzoda Epşteyn bilan döst bölganini rad etmagan, ammo özining aybsizligini aytib kelmoqda.












