Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II uning öğli Endryuni nomusga tajovuz qilişda ayblagan amerikalik faol va huquq himoyaçisi Virjiniya Juffrening xayriya fondiga 2 mln funt sterling ötkazişga qaror qildi. Bu haqda Mirror gazetasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, şahzoda Endryu huquq himoyaçisi bilan kelişuvga erişgan. U aybini tan olmagan, ammo Juffrening jinsiy qullik va tajovuzdan jabrlanganlarga yordam beruvçi fondiga "katta miqdorda xayriya" qilişga va’da bergan.

Virjiniya Juffre şahzoda Endryuni zöravonlikda ayblamoqda. Uning ta’kidlaşiça, qiroliçaning öğli yuqori martabali şaxslarning şahvoniy maqsadlari uçun ösmirlarni yetkazib beriş bilan şuğullangan biznesmen Jyeffri Epşteynning xizmatlaridan foydalangan.

Şahzoda Epşteyn bilan döst bölganini rad etmagan, ammo özining aybsizligini aytib kelmoqda.