AQŞ rasmiylari Rossiya haftaning istalgan kunida Ukrainaga bostirib kirişi mumkin, deb hisoblaydi, ammo bu hujum sanasi aniq ekanini anglatmaydi. Bu haqda CNN telekanali efirida AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan aytib ötdi.
«Biz aniq sanani başorat qila olmaymiz, lekin avval aytib ötganimizdek, biz Rossiyaning Ukrainadagi keng miqyosli harbiy amaliyotlari istalgan vaqtda boşlanişi mumkin bölgan vaqt oraliğida turibmiz», — degan Sallivan hujum sanasi qaçonligi borasidagi savolga javoban.
Avvalroq Politico manbasi AQŞ prezidenti Jo Bayden 16 fevral sanasini NATOdagi ittifoqçilariga Rossiya agressiyasi boşlanişining norasmiy sanasi sifatida körsatgani haqida xabar bergandi.
Bundan taşqari, Baydenning maslahatçisi Rossiya diplomatik yölni tanlaşi mumkinligini ham taxmin qildi. Uning qöşimça qilişiça, AQŞ öz razvedka ma’lumotlarini mazkur ehtimoliy uruşni boşlaş uçun emas, balki töxtatiş uçun tarqatmoqda.
Sallivanning sözlariga köra, Ukraina atrofidagi eskalatsiya kuçayişi Pekin Olimpiadasi yakuniga qadar ham, undan keyin ham sodir bölişi mumkin (öyinlar 20 fevralda tugaydi). Bundan taşqari, Baydenning maslahatçisi Rossiya «diplomatik yölni tanlaşi mumkinligi»ni ham istisno etmagan. U AQŞ öz razvedka ma’lumotlarini uruş boşlaş uçun emas, balki uni töxtatiş uçun oçiqlaşini qöşimça qilgan.
- 11 fevral kuni AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken ham Rossiya Ukrainaga istalgan vaqtda hujum qilişi mumkinligi, Amerika razvedkasi ma’lumotiga köra, ruslar çegarada bostirib kiriş uçun yetarliça qöşin töplagani haqida xabar qilgandi. Bunga javoban Moskva Vaşingtonni vaziyatni börttirişda va bila turib yolğon ma’lumot tarqatişda ayblagandi.













