Toşkent şahar va Yaşnobod tuman hokimliklarining qarorlari asosida “Aviasozlar” saroyining töliq rekonstruksiyasi boşlandi.
Yaşnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulovning xabar berişiça, tuman aholisi uçun mazkur saroyni eng yangi andozalar asosida qayta tiklaş rejalaştirilgan.
Şuningdek, aholining böş vaqtini mazmunli va maroqli taşkil etiş maqsadida saroy atrofida sayyohlik va dam oliş boği barpo etiladi.
Hokim postdagi izohlarda saroy fasadidagi baland «Ikar» gorelefi (tekis sathga işlangan börtma şakl, naqş - tah.) öz örnida qolişini tasdiqladi.
Bino 1980 yilda qurilgan. Sönggi yillarda bu yerda Mudofaa vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qurolli Kuçlar ansambli, Markaziy harbiy orkestr, «Turon» davlat harbiy teatri, tikuvçilik korxonasi, bolalar tögaraklari faoliyat körsatgan.
2020 yil fevral oyida Şavkat Mirziyoyev «Aviasozlar» markazini borib körgandi. Prezident markaz binosini rekonstruksiya qilib, undan maqsadli foydalaniş, davlat-xususiy şeriklik asosida köngiloçar maskan taşkil etiş zarurligini ta’kidlagandi.

















