Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi «Aviasozlar» bozori negizida 100 mln dollarlik savdo-maishiy markaz quriladi
Toshkentdagi «Aviasozlar dehqon bozori» («Kadisheva») bozori negizida savdo-maishiy markaz quriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ilovasida aytilgan.
Auto Solution MChJ loyiha bilan shug‘ullanadi. Umumiy qiymat 830 million so‘mga baholandi, 100 million dollar - xorijiy investitsiyalar.
Savdo-maishiy markaz qurilishi chet el sarmoyasi ishtirokida Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar ro‘yxatiga kiritildi. Ro‘yxatda jami 57ta loyiha mavjud bo‘lib, ular orasida yangi uylar, mehmonxonalar, savdo majmualari barpo etish, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish bor.
Savdo-maishiy markaz qurilishi eng qimmat loyihalardan biriga aylandi.