Qirğiziston boş vaziri Akilbek Japarov Yevrosiyo taraqqiyot bankining barça mablağlari faqat Qozoğiston va Rossiyadagi investitsiya loyihalarini moliyalaştirişga ketyapti deb hisoblamoqda. Bu haqda Sputnik Qozoğiston yozmoqda.
Şu sababli Qirğiziston YeOII davlatlari rahbarlarining may oyida ötkaziladigan yiğilişida bu masalani kötarişni rejalaştirgan.
"Mazkur inqirozga qarşi institut Rossiya va Qozoğiston iqtisodiyotini qöllab-quvvatlaş uçun emas, balki Armaniston, Qirğiziston va Belarus kabi davlatlarning iqtisodiyotini tenglaştiriş uçun işlaşi kerak va bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan bir neça bor ta’kidlangan. Biz bu masalani kun tartibiga olib çiqamiz. Hamkasblarim meni qöllab-quvvatlaydi degan umiddaman. Hozir esa 99 foiz mablağ Qozoğiston va Rossiyani qöllab-quvvatlaşga ketyapti", - deb ta’kidladi Japarov.
U şuningdek, 24 fevral kuni bölib ötadigan hukumat rahbarlari yiğilişida YeOII içidagi tösiqlarni bartaraf etiş masalasini ham kötariş rejalaştirilganini aytdi.
Yevrosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Yevrosiyo makonida investitsion faoliyatni amalga oşiruvçi xalqaro moliya taşkiloti hisoblanadi. Unga Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirğiziston va Qozoğiston a’zo. YeOTBning ustav kapitali 7 mlrd dollarni taşkil etadi.
YeOTB asosan transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, yaşil energetika, sanoat va maşinasozlik sohalaridagi loyihalar bilan şuğullanadi.









