Toşkentda 12 fevral – töyi kuni yöqolib qolgan kuyov oradan uç kun ötib topildi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB xabar bermoqda. Yigitning qarindoşlaridan biri uşbu hodisaga oilaviy kelişmovçilik sabab bölganini ma’lum qilgan.

Abbos Ğulomov. Foto: Facebook / Aqida Hanum

Toşkent şahrining Çilonzor tumani 15-dahasida yaşovçi 25 yaşar Abbos Ğulomov 12 fevralga rejalaştirilgan nikoh töyi kuni ertalab uyidan çiqib ketib, qaytib kelmagan.

“Yaqinlar, qarindoşlar hammasi “şok”da. Qölidagi mobil telefonlari öçiq. Töyga barça tayyorgarlik körib qöyilgandi. IIBga qidiruvga ham berişgan. Çetga çiqib ketmagan. Uydagilari na tirigi, na öligini bilmaymiz deb kuyib ketişyapti”, deyiladi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda.

“Milliy TV” muxbiri tomonidan ötkazilgan suriştiruv davomida yigit 12 fevral kuni ertalab sartaroşxonaga boraman deb çiqib ketgani, biroq u yerga bormagani haqida söz boradi.

“Abbosning sinfdoşi hamda sartaroşi bölaman. 12 fevral kuni ertalab soat sakkizda oldimga kelişi kerak edi. Uydan çiqayotganda ham közimga linza taqaman deb çiqqan ekan, ham sartaroşga boraman deb aytgan ekan”, deydi Hikmatilla Hasanov.

Yigit yöqolgani haqida xabarlar tarqalgaç ayrim internet foydalanuvçilari bunga uning uylanişga majburlangani sabab bölişi mumkinligini taxmin qilişgan. “Millar” dasturi ijodkorlari bu masalaga ham oydinlik kiritişga harakat qilgan.

“Töy kuni kuyovning yöqolib qolişi mening tajribamda birinçi marta kuzatilmoqda. Şu kuni kuyovimiz özlari yolğiz keldilar. Aslida kelin bilan kelişlari kerak edi. Mahallamizning töpolonçiroq bolasi bölgani uçun vaqtli uylanyapsiz, qiyinçiliklar bölmaydimi deb söraganimda: “Yöq, yaxşi”, deb javob berdi. Kötarinki ruhda edi. U majburlab uylantiradigan yoki majburan turmuş yöliga soladigan bola emas. Bu yigit otadan, onadan vaqtli yetim qoldi. Ular olamdan ötgani sababli buvisining qölida katta bölgan”, deydi Abbos Ğulomov yaşaydigan mahalla raisi örinbosari Gulçehra Nişonboyeva.