Toliblar qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Qori Fasihiddin Fitratning tvitterdagi akkaunti soxta, deb ma’lum qildi "Tolibon" harakati matbuot kotibi Zabihulla Mujohid.

"Mamlakat faxriy yetakçisi Qori Sohib Fasihiddinning tvitterda akkaunti yöq. Tvitterdagi uning nomidan oçilgan akkaunt va undagi ma’lumotlar soxta", – deb yozdi Mujohid.

U şuningdek, Fitratning nomidagi akkauntda e’lon qilingan toliblar “şimoliy çegaralarga 10 ming nafar jangarini jönatgani” töğrisidagi xabar skrinşotini joylaştirdi. 

Fitratning nomiga oçilgan akkauntda toliblar faoliyatiga oid xabarlar joylaştirib kelinadi. Akkaunt 2021 yil noyabrda röyxatga olingan.