Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etganlarga 150 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

Foto: Kun.uz
Tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga omborxonalarni jihozlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlari bir qismiga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlarga 2026 yil 1 yanvargacha omborxonalarni jihozlash xarajatlari 30 foizi, biroq 150 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi.
Bunda talabgorlar har yili 1 aprelgacha YaIDXP (my.gov.uz) yoki “Agrosubsidiya” AT orqali elektron ariza taqdim etadi. Arizaga kooperatsiya asosida ish tashkil etilganligini tasdiqlovchi tuman fermerlar kengashi va tuman hokimi yordamchisi tavsiyanomasi ilova qilinadi.
Tuman fermerlar kengashi moliya bo‘limi bilan birga 5 ish kunida ariza va hujjatlar haqqoniyligini, talabgorlar moliyaviy holatini joyiga chiqqan holda o‘rganadi. Har yili 15 aprelgacha talabgorlarning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, respublika ishchi guruhiga taqdim qilinadi.
Har yili 20 aprelgacha subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi respublika ishchi guruhi hududlar va tumanlar kesimidagi manzilli ro‘yxatni tahlil qilib, umumlashtiradi. Subsidiya obekti xarid qilingandan so‘ng manzilli ro‘yxatga kiritilgan talabgorlar subsidiya olish bo‘yicha arizani zarur hujjatlarni ilova qilgan holda YaIDXP yoki “Agrosubsidiya” AT orqali elektron shaklda yuboradi.
Ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida talabgorlarning subsidiya obekti joyiga chiqib o‘rganilib, xulosa rasmiylashtiriladi. Talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar va ma’lumotlar 3 ish kunida respublika ishchi guruhiga taqdim etiladi.
So‘ngra respublika ishchi guruhi: 5 ish kunida xulosa va ma’lumotlarni o‘rganib chiqadi. Zaruratga ko‘ra talabgorlar takliflarini joyiga chiqqan holda o‘rganadi; 3 ish kunida subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalarni rasmiylashtiradi.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi xulosa kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kunida talabgorlar bilan shartnoma tuzadi. Shartnoma imzolangandan 3 ish kunida subsidiya talabgorlar bankdagi asosiy hisobvaraqlariga “UzASBO” dasturiy majmui orqali o‘tkazib beriladi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

09:22 / 14.07.2025
Mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalashning yangi tartibi tasdiqlanadi

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

12:52 / 24.06.2025
8 sotix yerni 130 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

17:15 / 10.06.2025