Bu çoralar prezidentning 2026-yil 28-sentabrdagi «Agrar sohada moliyaviy qöllab-quvvatlaş samaradorligini oşiriş va tavakkalçiliklarni boşqariş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–354-son qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga köra, 2026-yil hosilida paxta xomaşyosining har bir tonnasi uçun 500 ming sömdan subsidiya beriladi. Bunda 4 va 5-navli paxtaga subsidiya ajratilmaydi.
Paxta-töqimaçilik klasterlari va ular taʼsisçi bölgan korxonalarga 2026-yilda öziga biriktirilgan maydonlarda paxta yetiştirilgan har bir gektar uçun 1,5 million sömdan ajratiladi.
2027–2029-yillarda çorvaçilik xöjaliklariga asosiy maydonlarda ozuqa ekinlari yetiştirgani uçun har gektarga yiliga 500 ming sömdan subsidiya beriladi. Mablağ Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi xulosasi asosida ajratiladi.
Şuningdek, 2026-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-iyunga qadar tadbirkorlarga sovitilgan mol va qöy göştini import qilişda har kilogramm uçun 2,5 ming sömdan subsidiya tölanadi.
2027-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar huquqiy tajriba tariqasida «Natijaviy subsidiya» tizimi joriy etiladi. U qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarning suvni tejaydigan suğoriş texnologiyalarini joriy etiş xarajatlarining bir qismini qoplaşga tatbiq qilinadi.
Bunda subsidiya miqdori faqat xarajatlarga emas, balki hosildorlik, mahsulot sifati va boşqa natija körsatkiçlariga ham qarab belgilanadi.
Qarorda agrar sohadagi suğurta böyiça ham çoralar nazarda tutilgan. Uç yil davomida suğurta hodisasi kuzatilmagan qişloq xöjaligi korxonalariga törtinçi yildan boşlab suğurta mukofotiga 10 foizdan 20 foizgaça çegirma beriladi.
Suğurta mukofotlarining 3–5 foizi esa ogohlantiruvçi tadbirlar zaxirasiga yönaltiriladi.













