Putinning Donbassda harbiy amaliyot boşlanganini e’lon qilişi ortidan rus harbiylari Ukraina hududiga havodan hujumlar boşladi. Ukraina çegaraçilari Rossiya quruqlikda ham Belarus yordamida şimoldan hujumga ötganini ma’lum qilgan. Ukraina yerlari va odamlarini boy bermoqda.
24 fevral tongida, Moskva vaqti bilan soat 5:30da Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat telekanallari orqali murojaatida Ukrainada «maxsus harbiy amaliyot boşlangani»ni e’lon qildi. U Donetsk va Luhansk xalq respublikalari yordam söragani, «Kiyev rejimi tomonidan tahqirlaş va genotsidga uçragan odamlarni himoya qiliş» uçun harbiy harakatlar boşlaganini ma’lum qildi. Ukraina bölayotgan hodisalarni «bosqinçilik uruşi» deb atadi. AQŞ va Buyuk Britaniya Rossiyaning harakatlarini Ukrainaga hujum sifatida baholagan.
«Hurmatli örtoqlar»
«Men maxsus harbiy operatsiya ötkazişga qaror qildim. Uning maqsadi sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlaş va genotsidga uçragan odamlarni himoya qilişdir. Va buning uçun biz Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilişga intilamiz. Şuningdek, tinç aholiga, jumladan, Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga qarşi köplab qonli jinoyatlarni sodir etganlarni ham sudga tortiş maqsad qilingan», dedi u murojaati davomida.
Prezident Rossiyaning rejasi Ukraina hududini bosib oliş emasligini qayd etgan.
U Ukraina fuqarolariga murojaat qilgan.
«Bugungi voqealar Ukraina xalqi manfaatlariga tajovuz qiliş istagi bilan boğliq emas. Bizning harakatlarimiz - bizga qarşi tahdidlardan özimizni himoya qilişdir. Qançalik qiyin bölmasin, buni töğri tuşunişni sörayman», degan Putin.
U ukrain harbiy xizmatçilarini qurollarni topşirib, taslim bölişga çaqirgan.
«Ukrainalik harbiy xizmatçilarga ham murojaat qilişim kerak. Hurmatli örtoqlar, ota-bobolaringiz umumiy vatanimizni himoya qiliş yölida hozirgi millatçilar Ukrainani egallab olişi uçun jang qilmagan. Siz Ukraina xalqiga qasamyod qilgansiz, Ukrainani talab, xalqining ustidan kuladigan tödaga emas. [Bu tödaning] jinoiy buyruqlarini bajarmang.
Sizlarni tezda qurollarni taşlab, uyingizga qaytişni sörayman. Aytib qöyay, ehtimoliy qon tökilişi Ukraina hududida hukmronlik qilayotgan rejimning vijdoniga havola böladi», dedi Putin.
Prezidentning telemurojaati 27 daqiqa davom etgan, u NATO şarqqa qarab kengayişda davom etayotganini takrorlagan, SSSR qulaşi va dunyoda «kuçlar nisbati» buzilganini eslatgan, Ikkinçi jahon uruşi bilan parallellar keltirgan.
Har tomondan hujum
Mavzuga oid
Putinning murojaati e’lon qilinişi ortidan Ukrainaning turli şaharlarida - Kiyev, Xarkiv, Odessa, Xerson va boşqa hududlarda portlaşlar bölayotgani töğrisida xabarlar kela boşladi. Ukraina Xavfsizlik kengaşi Aleksey Danilov mamlakatdagi harbiy infratuzilmalarga zarbalar bölayotganini tasdiqladi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina hududiga zarbalar berilganini tasdiqladi «Yuqori aniqlikdagi qurollar Ukraina harbiy infratuzilmasi, havo hujumidan mudofaa obektlari, harbiy aerodromlar va aviatsiyani işdan çiqarmoqda», deyiladi RF mudofaa vazirligi bayonotida.
Şu bilan birga vazirlik Rossiya qurolli kuçlari Ukraina şaharlariga raketalar uçirmagani, aviatsiya va artilleriya zarbalari bermaganini qayd etgan. «Ukrainaning tinç aholisiga heç qanday tahdid yöq», deyiladi bayonotda.
Köp ötmay RF Mudofaa vazirligining navbatdagi bayonoti e’lon qilindi. Unga köra:
Ukrainalik çegaraçilar rossiyalik harbiy bölinmalarga heç qanday qarşilik körsatmayapti;
Ukraina qurolli kuçlarining havo hujumidan mudofa tizimlari bostirildi;
Ukraina qurolli kuçlari aviabazalaridagi harbiy infratuzilmalar işdan çiqarildi.
CNN tanklar kolonnasi Belarus orqali Ukraina çegarasidan ötayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Şuningdek, Dnestrböyidan turib ham Ukraina tomonga raketalar uçirilgan.
Donbassdagi tutaşuv çiziğida ham janglar ketmoqda
DXR va LXR qurolli kuçlari Rossiya harbiylari ortidan Donbassdagi tutaşuv çiziğiga hujum qilişgan. Özini özi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalar rahbariyati öz suverenitetini Donetsk va Luhansk oblastlarining ma’muriy çegaralarida tiklaş niyatini ma’lum qilgan (ayni vaqtda bu oblastlarning katta qismi Kiyev nazoratida). DXRdagilar Viktorovka va Bogdanovka aholi yaşaş punktlari jang qilib olingani haqida xabar bergan, LXR Luganskaya stanitsasi va Sçaste posyolkasi olinganini ma’lum qildi.
RF mudofaa vazirligining xabar qilişiça, DXR va LXR xalq militsiyasining «qarşi hujumi» rus qöşinlari tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.
Ukrainaning yöqotişlari
Ukraina Boş ştabi olti şahardagi aeroportlar raketalar bilan bombardimon qilinganini xabar qildi: Borispol, Ozerniy, Kulbakin (Mikolayiv), Çuguyiv, Kramatorsk, Çornobayivka (Xerson).
Ukraina FVV mamlakatdagi harbiy infratuzilmalarga berilgan zarbalar haqida operativ ma’lumotlarni taqdim etdi:
Xmelnitskaya oblasti: Starokonstantinov şahridagi harbiy omborxona artilleriya hujumlari oqibatida yonib ketgan.
Dnepropetrovskaya oblasti: Krasnopole va Marganets şaharlarida yonğinlar, harbiy omborxonalar öqqa tutilgan.
Vinnitskaya oblasti: Tulçin şahri va Boxan qişloği - harbiy qismlarda yonğin.
Lutsk — teleminora portlatildi.
Kiyev oblasti: şahar atrofidagi harbiy qismda yonğin.
Ukraina çegara xizmati rossiyalik harbiylar Belarus qöşinlari kömagida beşta oblastga - Lugansk, Sumsk, Xarkov, Çernigov va Jitomirga, şuningdek, Qrim tomondan quruqlik orqali bostirib kirganini ma’lum qildi.
Ukraina armiyasi Boş ştabi harbiy harakatlar çoğida «bosqinçilarning olti samolyoti va bir vertolyoti yöq qilingani» haqida ma’lum qildi. Rossiya harbiylari OAVda Ukraina hududida Rossiya samolyotlari urib tuşirilgani töğrisida tarqalgan ma’lumot haqiqatga töğri kelmasligini bildirdi.
Keyinroq Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi Xarkiv yaqinida ruslarning törtta tanki yakson etilganini ma’lum qildi.
Yöqotişlar
Ukraina IIV tinç aholi orasidagi dastlabki yöqotişlar va yaralanganlar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Odessa oblastida raketalar hujumi oqibatida olti kişi halok bölib, yetti kişi yaralangan. Yana 19 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Mikolayiv oblastida bir kişi yaralangan, Xerson oblastida 17 yoşli ösmir qurbon bölgan. Çuguyivdagi aholi turar joylaridan biriga raketa kelib tuşişi oqibatida çaqaloq halok bölgan.
Ukraina içki işlar vaziri maslahatçisi Anton Geraşçenkoning ma’lum qilişiça, Mariupol şahridagi otişmalar oqibatida bir kişi halok bölgan, ikki kişi yaralangan. «Interfaks—Ukraina» Xersondagi «Preobrajyenka» aholi punktida bir çegaraçi halok bölganini xabar qildi.
Şuningdek, Zelenskiyning matbuot kotibi Ukraina armiyasining 40 dan ortiq harbiy xizmatçisi Rossiya hujumlari qurboniga aylanganini tasdiqladi.
Kiyev şahrida erta tongdan fuqaro mudofaasi tizimi işga tuşirilib, havo hujumi haqida ogohlantiruvçi sirenalar yangray boşladi.
Şahar metrosi bombapanogohga aylangan, kiyevliklar raketa hujumlaridan metro bekatlariga kirib yaşirinmoqda.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina osmoni parvozlar uçun yopilgan
Rossiyaliklar bosqinidan keyin Ukraina havo kengliklari parvozlar uçun yopildi. Rosaviatsiya ham Rossiya janubidagi 14 aeroport faoliyati 2 martga qadar töxtatilganini ma’lum qildi.
Rosaviatsiya ma’lum qilişiça, quyidagi aeroportlar işlamaydi: Rostov (Platov), Krasnodar (Paşkovskiy), Anapa (Vityazevo), Gelendjik, Elista, Stavropol, Belgorod, Bryansk, Orel, Kursk, Voronej, Simferopol, Volgograd va Astraxan.
Ayni vaqtda samolyotlar Ukrainani aylanib uça boşlagan.
Namangandan Krasnodarga uçgan Uzbekistan Airways samolyoti Rostovdagi havo maydoni yölovçi samolyotlar qatnovi uçun yopilişi munosabati bilan Özbekistonga qaytdi. Ammo yonilği yetarli bölmagani bois samolyot Urgançga qöndirilgan. Ayni vaqtga kelib bu samolyot Urgançdan Namanganga uçib ketgan.
Uzbekistan Airways 27 fevral va 2 mart kuni Kiyevga rejalaştirilgan parvozlarni bekor qildi.
Zelenskiyning murojaatlari
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy har soatda videomurojaat qilmoqda. U dastlab butun mamlakat böylab harbiy holat rejimini e’lon qildi. U mamlakat fuqarolarini vahimaga berilmaslikka va uyda qolişga, şuningdek, imkon qadar harbiylarga yordam körsatişga çaqirdi.
«Bugun sizdan faqat xotirjamlik zarur, imkon qadar uyda qoling. Biz işlayapmiz, armiya işlayapti, butun xavfsizlik sektori va mudofaa işlamoqda. Men, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi, vazirlar mahkamasi doimo siz bilan aloqada bölamiz. Tez orada yana aloqaga çiqaman. Xavotirga tuşmang, biz kuçlimiz, biz barçani yengamiz. Çunki biz — Ukrainamiz. Ukrainaga şaraflar bölsin», dedi u.
U keyingi murojaatida dunyo yetakçilarini «Putinga qarşi koalitsiya» tuzişga, Rossiyaga qarşi sanksiyalarni zudlik bilan joriy etişga va Ukrainaga moliyaviy yordam körsatişga çaqirdi.
«Bugun Rossiya Ukrainaga bostirib kirişni boşladi. Putin Ukraina bilan, butun dunyodagi demokratiya bilan uruş boşladi. U mening davlatimni yöq qilmoqçi. U bizning davlatimizni, biz qurgan va hayotimiz mazmuni bölgan barçasini yöq qilmoqçi.
Men AQŞ prezidenti Jo Bayden, Germaniya kansleri Olaf Şols, Yevropa kengaşi rahbari Çarlz Mişel, Polşa prezidenti Anjyey Duda va Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson bilan muzokaralar ötkazyapman», dedi Ukraina prezidenti.
U barça davlatlarga havo hududini yopişga çaqirib, dunyo Rossiyani tinçlikka majburlaşi kerakligini ta’kidladi.
Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Zelenskiy navbatdagi videomurojaatida Ukraina Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzganini ma’lum qildi.
«Rossiya erta tongda bizning davlatimizga qabihlik bilan hujum qildi. Xuddi faşistlar Germaniyasi Ikkinçi jahon uruşida qilganidek», dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti barça fuqarolarni qon donori bölişga çaqirdi. Harbiylar orasida yaradorlar borligi ma’lum qilindi: «Biz barçaga qurol tarqatişni boşladik va ularni öz yurtimizni himoya qiliş uçun hammaga beramiz».
Şuningdek, u Rossiyada vijdonini yöqotmaganlarning barçasi köçalarga çiqib, bu uruşga qarşi norozilik bildirişi kerakligini aytdi.
2014 yilda, Qrim voqealari vaqtida ham rubl bu darajada qadrsizlanmagandi.
Markaziy bank agressiyaning monetar oqibatlarini yumşatiş va aziyatni barqarorlaştiriş uçun valuta bozorida misli körilmagan intervensiyalar qöllaşga majbur bölmoqda. Savdolar tiklanganidan keyin ham Mosbirja indeksi qulaşda davom etdi - qulaş 40 foizdan oşdi.
Brent narxi 2014 yil sentabr oyidan beri ilk marta bir barrel uçun 103 dollargaça kötarildi. Yevropada gaz almaşinuvi narxi 41 foizga oşdi. Bu gaz fyuçerslari uçun 190 yevroga yaqinlaşgan ötgan dekabrdan beri eng yuqori narxdir.