Moliya vazirligi hisobotiga köra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga Özbekistonning davlat qarzi 2,9 mlrd dollarga oşib, 26,3 mlrd dollarni (şundan, davlat taşqi qarzi – 23,6 mlrd dollar, davlat içki qarzi – 2,7 mlrd dollar) yoki yalpi içki mahsulotga (YaIM) nisbatan 38 foizni taşkil etmoqda.

Davlat qarzining YaIMga nisbatan uluşi 2021 yil boşida 39 foizni taşkil etgan bölsa, 2022 yilning 1 yanvar holatiga köra 38 foizgaça pasaygan.

2021 yil davomida Özbekiston nomidan va kafolati ostida umumiy qiymati 4 mlrd 920,3 mln dollar miqdoridagi 33ta taşqi qarz bitimi imzolangan. Şundan:

·       budjetni qöllab-quvvatlaş uçun jalb qilingan davlat taşqi qarz bitimlari hajmi – 1,8 mlrd dollar;

·       soğliqni saqlaş, aholini toza içimlik suvi va kanalizatsiya bilan ta’minlaş, çorvaçilik, kimyo sanoatini rivojlantiriş va boşqa loyihalarni moliyalaştiriş uçun imzolangan taşqi qarz bitimlari hajmi – 2 mlrd 508,6 mln dollar;

·       Özbekiston Respublikasi kafolati ostida imzolangan taşqi qarz bitimlari – 611,7 mln dollar.

2021 yil davomida davlat taşqi qarzi qoldiği 2,5 mlrd dollarga, içki qarzi qoldiği esa 464,1 mln dollarga oşgan.

2021 yil yakuni böyiça jami davlat taşqi qarzining 25,2 foizi yoki 5,9 mlrd dollari davlat budjetini qöllab-quvvatlaşga, 13,2 foizi yoki 3,1 mlrd dollari elektr-energetika sohasiga, 12,2 foizi yoki 2,9 mlrd dollar energetika sohasiga, 11 foizi yoki 2,6 mlrd dollar transport va transport infratuzilmasiga, 9,1 foizi yoki 2,1 mlrd dollar uy-joy kommunal xöjaligi sohalariga yönaltirilgan mablağlar hissasiga töğri kelgan.

Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan davlat taşqi qarzi qoldiğining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (5,2 mlrd dollar), Jahon banki (4,3 mlrd dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd dollar) hissasiga töğri kelgan.

Özbekiston davlat taşqi qarzi portfeli valuta tarkibining 71,9 foizi – AQŞ dollari, 10,5 foizi – yapon iyenasi, 8,4 foizi – SDR (maxsus qarz oliş huquqlari), 4,6 foizi – yevro, 1,8 foizi – söm, 2,8 foizini esa boşqa valutalardir.

Ma’lumot uçun, 2017 yilda Özbekiston davlat qarzi 11,5 mlrd dollarni (YaIMning 18, 7 foizi), 2018 yilda 14,9 mlrd dollarni (YaIMning 28, 3 foizi), 2019 yilda 17,8 mlrd dollarni (YaIMning 29, 7 foizi), 2020 yilda 23,4 mlrd dollarni (YaIMning 39 foizi), 2021 yilda 26,3 mlrd dollarni (YaIMning 38 foizi) taşkil qilgan.