Prezident videoselektorida ta’lim tizimida xotin-qizlar uçun yana bir qator keng imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Unga köra:
- yangi öquv yilidan boşlab magistraturada öqiyotgan qizlarning kontrakt pullari töliq budjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard söm)
- har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi
- har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yöqotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan tölab beriladi
- yoş farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy öqişga şaroit yaratiladi
- doktorantura yönalişida xotin-qizlar uçun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.
«Ta’lim tizimining barça poğonalarida öqişga intilgan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaymiz va ularga şaroit yaratamiz», – degan prezident.
2022-2026 yillarga möljallangan Xotin-qizlar ta’limini qöllab-quvvatlaş dasturi qabul qilinadi.
Dastur doirasida poytaxtda asosan xotin-qizlarni öqitiş uçun davlat-xususiy şerikçilik asosida töqimaçilik sohasida alohida universitet taşkil etiladi. Joylarda uning texnikumlari ham oçiladi.
Şuningdek, ayni paytda ayollarimiz uluşi past bölgan aniq fanlar, texnika va huquqşunoslik yönalişidagi OTMlarda xotin-qiz talabalar uluşi hozirgi 24 foizdan 40 foizgaça yetkaziladi.
Buning uçun har yili xotin-qizlarning talaba bölişiga kvotaning kamida 50 foizi aniq fanlar, texnika va huquqşunoslik yönalişlari uçun maqsadli ajratiladi.
Şuningdek, yangi öquv yilidan boşlab oliygoh, texnikum va kollejlarda öqiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini tölaş uçun, ilk marta 7 yil muddatga foizsiz kredit beriş joriy qilinadi.
«Bu imkoniyat hali bizning tariximizda umuman bölmagan», dedi davlat rahbari.













