Hukumatning 2026 yil 21 maydagi 266-son qarori bilan “Bojxona hududida qayta işlangan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga çiqarişda tovarlarning bojxona qiymatini belgilaş va ular böyiça bojxona tölovlarini hisoblaş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizom bojxona hududida qayta işlangan mahsulotlarni erkin muomalaga çiqariş jarayonida tovarlarning bojxona qiymatini aniqlaş hamda ular böyiça bojxona tölovlarini hisoblaş tartibini belgilaydi.
Nizomga muvofiq, qayta işlangan mahsulotlarni erkin muomalaga çiqarişda import bojxona boji qayta işlaş uçun olib kirilgan xomaşyo va materiallarning bojxona qiymatidan kelib çiqqan holda hisoblanadi. Bunda qayta işlaş mahsulotlarining çiqiş normasiga muvofiq sarflangan xomaşyo va materiallar miqdori inobatga olinadi.
Şuningdek, qonunçilikda nazarda tutilgan bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar qayta işlangan mahsulotlarga nisbatan ham qöllanişi belgilandi.
Hujjatga köra, Jahon savdo taşkiloti bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya tayyor mahsulotlar uçun bojxona boji summasidan yuqori bölgan import bojlari qöllanadigan xomaşyo va materiallar röyxatini şakllantiradi. Bu röyxat manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida tuziladi.
Mazkur nizom tajriba-sinov tariqasida amal qilib, 2027 yil 1 martga qadar kuçda böladi.
















