Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş masalasiga bağişlangan yiğilişda yana bir muhim va öta dolzarb masalaga e’tibor qaratildi.
Yiğilişda ma’lum qilinişiça, bugungi kunda 290 mingdan ziyod otalarga farzandlari uçun aliment tölaş yuklangan. Lekin ularning 172 ming nafari öz farzandi oldidagi majburiyatini bajarişdan boş tortib kelmoqda.
«Oqibatda aliment böyiça qarzdorlik 115 milliard sömdan oşib ketgan. Har bir viloyat hokimi öz raqamlarini biladi.
Şu bois 2021 yili Xalq qabulxonalariga aliment bilan boğliq 70 mingga yaqin murojaat kelib tuşgan.
Bu borada Majburiy ijro byurosining faoliyati qoniqarsiz.
Endi aliment tölovlarini kafolatli ta’minlaş böyiça yangi tizim joriy qilinadi», dedi Şavkat Mirziyoyev.
2022 yil 1 iyuldan Majburiy ijro byurosida «Aliment tölovlari» jamğarmasi taşkil etiladi va unga dastlab 50 milliard söm yönaltiriladi.
Mazkur mablağlar uç oy içida undiriş imkoni bölmagan alimentlarni tölaşga ajratiladi va keyinçalik byuro tomonidan undirib olinadi.











