Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovga köra, moliya tizimining barqarorligi, korxonalarning uzluksiz işlaşi va rejalaştirilgan investitsiya loyihalari öz vaqtida amalga oşirilişini ta’minlaş vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilişiça, tarmoq va hududlar rahbarlari oldiga transport-logistika tarmoğining işonçli faoliyatini ta’minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar köriş, bunda eksport geografiyasi yanada diversifikatsiya qilinişini ham hisobga oliş vazifasi qöyildi.

Viloyatlar hokimlariga aholini ijtimoiy himoya qiliş işlarini kuçaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş va işsiz aholi bandligini ta’minlaşni jadallaştiriş, şuningdek, inflatsiya darajasini doimiy monitoring qiliş va iste’mol bozorida narxlarning keskin tebranişlariga yöl qöymaslik böyiça avvaldan çora köriş zarurligi alohida körsatib ötildi.