Özbekiston Markaziy banki barça tijorat banklariga rublni sotib oliş va sotiş kurslari örtasidagi farqni “maqbul darajada” saqlab turişni tavsiya qildi.
Regulyator öz bayonotida Rossiya rublining birja va birjadan taşqari kurslari örtasida sezilarli farqlar yuzaga kelayotganini qayd etib, bu – “Rossiyadagi fuqarolarimizning öz mablağlarini erkin valutaga almaştiriş jarayonida yöqotişlariga olib kelayotgani”ni bildirgan.
Şundan kelib çiqib, Özbekiston Markaziy banki:
— barça tijorat banklariga Rossiya rublidagi pul ötkazmalari böyiça ayirboşlaş operatsiyalarini uzluksiz amalga oşiriş hamda valuta kursini belgilaşda sotib oliş va sotiş kurslari örtasidagi farqni maqbul darajada saqlab turiş;
— banklarning valuta xavf-xatarlarini minimallaştiriş maqsadida rossiya rublini sotiş va sotib oliş kurslarini joriy xalqaro kotirovkalarga asosan kun davomida özgartirib boriş yuzasidan tavsiyalar berdi.
“Bu Rossiya Federatsiyasidagi Özbekiston fuqarolariga pul mablağlarini Rossiya rublida yuboriş va respublika hududida uşbu mablağlarni ixtiyoriy valutada qabul qilib oliş imkonini beradi.
Markaziy bank mavjud vaziyatni doimiy kuzatib bormoqda va zarur hollarda aholi manfaatlarini hamda milliy valuta va bank tizimi barqarorligini ta’minlaş böyiça qöşimça çoralar körib boradi”, – deyiladi MB bayonotida.
Bir neça iqtisodçilar mazkur çorani “özbek banklariga rubl yuklamasi” deb atamoqda.
“Agar rubl oliş va sotiş böyiça toraytirilgan ma’muriy koridor, masalan +–1 foiz qöllaniladigan bölsa, Özbekistonga vagonlarda rubl kiradi va Özbekistondan vagonlab dollar çiqib ketadi.
Heç kim rubl oliş va sotişga qarşimas, lekin bu majburiyat ham bölmasligi kerak. Mazkur jarayon oçiq bozor qoidalari, rublning konvertatsiyasi kundan kunga çeklanayotgani va uning ustiga ağanagan toğdek risklarni inobatga olgan holda yuz berişi lozim”, – deya munosabat bildirdi iqtisodçi Otabek Bakirov.
“Rubl bilan özbek sömini bir savatga qöyiş – rubldagi barça risklarni sömga yuklaşga teng böladi.
Ming marta aytgan bölsam-da aytaman: bozorga qöyib beriş kerak. Özbekistonliklar xohlasa rublni olişsin, xohlasa olişmasin”, –













