Avvalroq Buyuk Britaniyadagi özbek vatandoşlarning “Sahiy” jamoatçilik taşkiloti “Sahiy Football League” uçraşuvini ötkazişi haqida xabar bergan edik. 

Uzbek.life’ga ma’lum qilişlariça, musobaqada özbek vatandoşlaridan tarkib topgan jami 8 ta jamoa özaro bellaşdi. Öyinlar 2 ta futbol maydonida 8 ta jamoalar hamda 2 ta hakamlar iştirokida, 7:7 şaklda ötkazildi.

Qayd etilişiça, uşbu uçraşuv Buyuk Britaniyada yaşovçi hamyurtlarimiz örtasidagi birinçi yirik sport musobaqasi sifatida e’tirof etildi. Şuningdek, özbek jamiyatining birdamligini mustahkamlaş yölidagi katta qadam böldi. 

Öyinlar şiddatli, qiziqarli hamda bellaşuvlarga boy ötdi. Xususan, öyinlarda “Galacticos” jamoasi 3 örin, “Legend” jamoasi 2 öringa sazovor çiqdi.

“Urpolvon United” jamoasi esa, mutlaq ğolib sifatida maxsus kubikni qölga kiritdi.

Şuningdek, “Galacticos” jamoasi vakili Umid Akromov musobaqa davomida faol va eng köp gol urgan (umumiy hisobda 4 ta) iştirokçi sifatida taqdirlandi.

Quyida jamoalar suratlarini körişingiz mumkin.

“Legends” jamoasi
“Galacticos” jamoasi
“FC Diyor” jamoasi
“Jaydari Gens” jamoasi
“Masters” jamoasi
“United Uzbeks” jamoasi