“Vatan tayançi” bolalar va ösmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayançi” bolalar va ösmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati taşkil etildi;

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar mudofaa işlari boşqarmalarida boşqarma boşliğining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari, tuman (şahar) mudofaa işlari bölimlarida bölim boşliğining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari lavozimlari joriy etildi.

“Vatan tayançi” bolalar va ösmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati davlat muassasasi hisoblanib, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari muassasa faoliyatini muvofiqlaştirib boradi.

Qarorga köra, maktablarda çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi rahbarligida 10-11-sinf öquvçilaridan (tarkibi 20 nafar) iborat “Vatan tayançi” otryadlari tuziladi. Öquvçilar unga ixtiyoriy a’zo böladi.

2022/2023 öquv yilidan “Vatan tayançi” harakatining faoliyatida faol iştirok etgan hamda maktabni a’lo baholarga tamomlagan har bir “Vatan tayançi” otryadining bir nafar a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab oliş tartibiga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasasiga öqişga kiriş uçun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanomaga egalar respublika oliy harbiy ta’lim muassasalarining tegişli ta’lim yönalişlariga öqişga kirişda test sinovlari natijalariga köra töplagan ballarining 5 foizi miqdorida qöşimça ball şaklida imtiyozga ega böladi. Tavsiyanomalar berilgan sanadan boşlab 3 yil mobaynida amal qiladi.