“Chiqindilarni ommaviy yig‘ish” umummilliy harakati tashkil etiladi
“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni imzolandi.

Foto: Kun.uz
2024 yil 1 yanvardan davlat o‘rmon fondi uchastkalari faqat E-auksion platformasi orqali ijaraga beriladi. 2023 yil 1 iyuldan chiqindi poligonlarini xususiylashtirish taqiqlanadi.
2023 yil 1 dekabrdan quyidagi yerlarda elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalari barpo etiladi:
Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyat bo‘ysunuvida bo‘lgan shaharlar hududlaridagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, sig‘imi 100 avtomobildan ortiq bo‘lgan avtoturargohlar hamda bozorlar hududida;
“O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori avtomagistral yo‘llarida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari, savdo va ko‘ngilochar markazlari hududida.
“O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorining cho‘l va sahro qismida quyosh elektr stansiyalarini qurgan holda birinchi 50 ta elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalarini barpo etish uchun har bir loyihaga 100 mln so‘m subsidiya sifatida ajratiladi.
2023 yil 1 iyuldan “Chiqindilarni ommaviy yig‘ish” umummilliy harakati tashkil etiladi.
Farmonga ko‘ra:
- “Tabiatga mehr” innovatsion va intellektual loyihalar tanlovi o‘tkaziladi;
- “Tabiat madhiyasi” (musiqa va matni) uchun tanlov e’lon qilinadi;
- “Yosh ekologlar” harakati ko‘krak nishoni ta’sis etiladi;
- maktablarning Milliy o‘quv dasturiga “ekosoat” darslari kiritiladi.
2024 yil 1 yanvardan Nukus shahrida:
- ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha ko‘p qavatli uylar o‘rtasida “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi ishga tushiriladi;
- yil yakuniga ko‘ra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarining 50 foizidan ortig‘i belgilangan me’yorlardan kam suv ishlatgan 20 ta ko‘p qavatli uylar rag‘batlantiriladi;
- g‘olib xonadon va uylarga quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul o‘rnatib beriladi.
Mazkur tajriba 2025 yildan Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ham joriy qilinadi.
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) tashkil etildi. 2023 yil 1 iyulgacha Respublikada tashkil etiladigan ekologik aksiyalar maxsus platformasi ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
M-25 gaz konida vodorod sulfidining otilishi yuz berdi
O‘zbekiston | 08:42
-
Arktikada qishki dengiz muzlari rekord darajada kamaydi - NASA olimlari
Jahon | 08:40
-
FT: AQSh Ukrainaning barcha resurslari ustidan nazoratni qo‘lga kiritmoqchi
Jahon | 08:35
-
Putin Ukrainada vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etishni taklif qildi
Jahon | 08:20
Mavzuga oid

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

09:41 / 26.03.2025
Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

16:16 / 25.03.2025
Qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi

12:06 / 14.03.2025