Özi nima gap?

Özbekistonda banklarga rubl ayirboşlaşni töxtatib qöymaslik, sotib oliş va sotiş kursi örtasidagi farqni “maqbul darajada” saqlab turiş “tavsiya etildi”. Bu haqda Markaziy bank rasmiy bayonot e’lon qildi. Iqtisodçilar bu qarorni “rubldagi barça risklarni sömga yuklaş” deb ta’riflab, Özbekistonga “vagonlarda rubl kirib, vagonlab dollar çiqib ketişi”dan ogohlantirdi.

Kun.uz masala atrofidagi savollar yuzasidan iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nodir Jumayev va “Agrobank”ning boşqaruv raisi örinbosari Erkin Qahhorov bilan intervyu taşkil qildi.

—  Rubl kursi böyiça “koridor” nimani anglatadi?

Nodir Jumayev: Rossiya va Ukraina örtasidagi mojaro natijasida bu davlatlarning iqtisodiyotida ma’lum ma’noda beqarorlik kuzatildi. E’tibor qilgan bölsangiz, Rossiya asosiy stavkani 8 foizdan 20 foizgaça kötardi. Köplab özgarişlar böldi va Özbekistonda nima uçun rubl böyiça koridor qöyilgani savollarni tuğdirmoqda. Tavsiyaviy xarakterga ega bölgan köp narsalar bor, butun dunyoda banklarni nazorat qiliş böyiça “Bazel- 1,2,3” şartlariga qaraydigan bölsak, riskka tortadigan bank aktivi kapitali 8-10 foiz bölsin degan holatlar bor, çunki tavsiya xarakteriga ega bölişga sabab bank moliya tizimining barqarorligi butun iqtisodiyot barqarorligiga javob beradi. Agar tizimda qandaydir uzilişlar, beqarorlik böladigan bölsa, u risklar oşişiga, zanjir reaksiya orqali debitorlik va kreditorlik qarzlari oşib ketişiga olib kelişi mumkin. Şuning uçun tavsiyaviy xarakterga ega böldi degani aniq buni bajarsin degani emas, balki bevosita şu holatda operatsiya amalga oşiriş uçun regulyator sifatida Markaziy bank tomonidan tavsiya qilingan bölişi mumkin.

Nodir Jumayev

Markaziy bank ma’lumotlari rublni sotiş va sotib oliş örtasidagi tafovutni e’lon qildi. Men rublni jismoniy şaxslar tomonidan bankka sotiş köp böladi deb öylagandim, lekin banklar tomonidan sotiş 10 barobar köpligi ham köpgina xavf-xatarning oldi olingani va bizning taşqi savdomizda muhim ahamiyatga ega RF va Ukraina ekani bu sohadagi kotirovkalarni joriy qilişni kun tartibiga qöydi. Har bir valuta kotirovkasini amalga oşiriş (rubldami, yevrodami) yetakçi valutalarda kotirovka amalga oşişi bank tizimida barqarorlik va ma’lum darajada operatsiyalar kengayayotganini körsatadi.