2022 yil 1 yanvardan O‘zbekiston fuqarolari xarid summasining 1 foizini keshbek shaklida qaytarib olishi mumkin bo‘ldi. Bu tartib «Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qaroriga asosan joriy qilindi.

Kun.uz bu borada foydalanuvchilarga qulay qo‘llanma tayyorladi.

Buning uchun App store yoki Play market'dan «Soliq» mobil ilovasini yuklab olib, ro‘yxatdan o‘tasiz.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun shaxsiy ma’lumotlar va telefon raqami zarur bo‘ladi.

Shundan so‘ng, do‘konlar, umumiy ovqatlanish joylari va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga qilgan to‘lovingiz uchun olgan QR-kodli chekni skaner qilish orqali oy davomida keshbeklarni yig‘ib borasiz. Bu degani agar siz 100 ming so‘mlik savdo qilsangiz 1 ming so‘m, 200 ming so‘mlik savdodan 2 ming so‘m keshbek olasiz, bir oy davomida bu kabi keshbeklar yig‘ilib, sezilarli summa bo‘lishi mumkin.

Keshbek pullarni qanday olish mumkin? 

Buning uchun cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazayotgan «Soliq» ilovasiga plastik kartangizni ulab, tasdiqlangan summani kartangizga o‘tkazib olishingiz mumkin. Yig‘ilgan pullar hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi, ya’ni yanvar uchun fevral oyining 21-25-sanalarida, fevral uchun esa mart oyining 21-25-sanalarida keshbek qaytariladi.

Masalan, joriy yil yanvar oyining o‘zida 101 mingdan ortiq fuqaroga 15,9 mlrd so‘m keshbek summasi to‘lab berilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi sotuvchilar tomonidan chek bermaslik holatlari kuzatilganda, ilovaning «Soliq hamkor» bo‘limi orqali xabar berish imkoni mavjudligini bildirgan.

Darvoqe, o‘tgan oyda texnik xizmat ko‘rsatish markazining «uddaburon» xodimlari keshbekka ega bo‘lish maqsadida boshqalarning milliardlab so‘mlik cheklarini o‘z nomiga o‘tkazib olgani