O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

«Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin», deyiladi prezident qarorida.

Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:

  • Maqsadova Zuxraxon Qahramon qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi;
  • Orinbayeva Yerkinay Quanishbay kizi – Nukus davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi;
  • Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi – Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi;
  • Mashrabova Muxlisa Alijon qizi – Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi;
  • Davlatova Nafosat Furqat qizi – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati);
  • Shonazarova Mushtariy Begim Shavkatovna – Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
  • Abduvaliyeva Aziza Farhod qizi – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi (Jizzax viloyati);
  • Bahodirova Sevara Bahodir qizi – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati);
  • G‘o‘chchiyeva Rohilabonu Abdurahmon qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati);
  • Qurbonova Oftoboyim Husniddinovna – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining kafedra assistenti;
  • Murodullayeva Yulduz Behzod qizi – Navoiy viloyati Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
  • Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi – Navoiy davlat pedagogika institutining kafedra katta o‘qituvchisi;