Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston fuqarolarini Moskvadan vatanlariga olib çiqib ketiş hozirça murakkab masala bölib turibdi, deb xabar berdi «Rosaviatsiya» öz saytida.
Idora bunga sabab sifatida uşbu davlatlar rasmiy organlarining yölovçilarni taşiş böyiça pozitsiyasini keltirdi, ammo u nimadan iborat ekanligiga aniqlik kiritmadi. «Uşbu masalani hal qiliş çoralari körilmoqda», - deyiladi xabarda.
Şuningdek, idoraning ta'kidlaşiça, 23 mart kuni Qirğizistonning 297 nafar fuqarosi Moskvadan Öşga «Uralskiye avialinii» reysida olib borildi. U yerdan 17 nafar rossiyalik Yekaterinburgga qaytarildi.
Avvalroq, Özbekiston va Qirğiziston barça mamlakatlar bilan havo qatnovini çeklagan edi. Qirğizistonda uşbu taqiq faqat Rossiyaga boriş va keliş reyslariga taalluqli emas, deya xabar bergan «RIA Novosti» respublika koronavirusga qarşi kuraş ştabiga tayanib.
Bundan taşqari, Qirğiziston poytaxti va yirik şaharlarida favqulodda holat hamda komendantlik soati joriy etildi.
«Rosaviatsiya»ning xabar qilişiça, 23 mart kuni Rossiyaga yetti mamlakat: Bolgariya, Misr, Ispaniya, Kipr, Marokaş, Serbiya va Fransiyadan 1,3 mingdan ortiq odam olib kelindi
Bundan oldin, Özbekiston şu hafta xorijdagi fuqarolarini olib keliş uçun yana 7ta charter reys amalga oşirişi xabar berilgandi.












