Navoiy şahridagi temir-beton mahsulotlari işlab çiqaruvçi zavodda temir bilan tillaşgan 13 nafar xotin-qiz faoliyat olib boradi. Ularning 2 nafari payvandçi, 11 nafari kran maşinisti.

 

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Payvandçi ayollarning vazifasi turli körinişdagi beton mahsulotlari uçun armatura va simlardan karkas töqişdan iborat. Ular har xil payvandlaş uskunalarida armaturalarni xuddi qirq kokil qilib soç örgandek töqib çiqişadi. E’tiborli tomoni – ular xavfsizlik talablariga doim rioya qilganliklari uçun haligaça biror marta ham közlarini “svarka” qamaştirmagan ekan.

 

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

Balandlikdan qörqmaydigan krançi xotin-qizlar esa beton plitalarini quyiş, maşinalarga ortiş kabi işlar bilan şuğullanadi.

6-7 metr balandlikdagi osma kranlarni yengil maşina boşqargandek boşqarayotgan ayollar öz işlaridan mamnun. Zavodda işlayotgan kran maşinistlarining deyarli barçasi maxsus sertifikatlarga ega. Ular uşbu sohada öqib, malaka oşirişgan.

Foto: Kun.uz

Qöli qöliga tegmay mehnat qilayotgan opalar bilan iş ustida suhbatlaşdik.

Şohida Fozilova, payvandçi:

“Asosan temir-beton mahsulotlarining içiga qöyiladigan karkaslar yasaymiz. Bularning barçasi qurilişlarda işlatiladi. Avvaliga laboratoriyada işlab yurdim. Keyin payvandçilarning işiga qarab turib, qiziqqanman va örganganman.

Bu işda 4 yildan buyon işlayman. Uyimdagilar “Bu erkakning işi-ku”, deya qarşilik qilişgan. Ammo mendagi qiziqişni körib, ruxsat berişgan. Hozir ança yaxşi örganib olganman işimni.

Kasbimdan faxrlanaman. Halol mehnat qilayotganimdan, farzandlarimni halol rizq bilan boqayotganimdan xursandman. Agar özida qiziqiş bölsa, odam har qanday kasbni egallaşda qiynalmaydi. Töğri, oğir metallar bilan işlaymiz. Lekin örganib ketganmiz, qiyinçilik tuğdirmaydi”.

Foto: Kun.uz

Dinara Elmurodova, payvandçi:

“Bu erkakning, bu ayolning işi deya iş tanlamadik. Qiziqiş bölsa, farqi yöq ekan, odam örganişga harakat qilarkan. Mana, özim qiziqdim, örgandim, hali örganişda davom etyapman. Bu işdan ortib, uy-rözğor işlariga ham ulguramiz. Ertalab yana işga şoşamiz. Işimiz şu”.

Foto: Kun.uz

Gulhayo Teşayeva, kran maşinisti:

“Qörqinçli yoki qiyinçilik tomonlari yöq. Çunki 3 yildan beri işlayman, örganib ketganman, qörquvlar, hayajonlar bosilgan. Dugonalarim, yaqinlarim bilan ötirganimda “Ana, krançimiz keldi”, deyişadi. Xafa bölmayman, aksinça faxrlanaman, özgaça ğurur tuyaman.

Iş soatimiz 8:00dan 18:00gaça. Kuniga 3-4 marta çiqib tuşamiz kranga. Har bir kasbning öziga yaraşa maşaqqati va mas’uliyati böladi. Yukni kötargan paytim ilgiç çiqib ketgan vaqtlari bölgan. Ehtiyotkorlik bilan öşa vaziyatdan çiqib ketganman. Töğrisi, öqimaganman va şu sababli boşqa kasblarga harakat qilib körmaganman. Odamda kasbiga nisbatan mehr bölişi kerak. Nimaga erişgan bölsam, şu kasbim orqali erişdim”.

Foto: Kun.uz

Gavhar Törayeva, kran maşinisti:

“Bu zavodga işga kirganimga qariyb 15 yil böldi. Oddiy farroş bölib iş boşlagandim. Kranda işlagan ayol va erkaklarni körib, men ham qiziqdim. Garçi mumkin bölmasa ham, iş orasida yaşirinça kranga çiqib, boşqarib körardim. Buni körgan rahbarlarim qiziqişim bölsa, öqişim kerakligini aytişdi. Keyin ham işlab, ham kran maşinistligiga öqib oldim.

Mehr bersangiz, kranlar ham sizga quloq soladi. Qizlarimga, qöşnilarimga, jiyanlarimga iş jarayonini aytib berganimda, ular ham qiziqişgan. Şu tariqa köplab şogirdlar yetiştirdim. Boşqa zavodlardan köp takliflar bölgan. Lekin işxonamga mehr berganim uçun boşqa joyga işga ketmadim.

Oilada yolğiz onaman. Ikki qiz, bir öğlim bor. Turmuş örtoğim 12 yil oldin vafot etgan. Ham ota, ham ona bölib, belni mahkam boğlab, şu sohada işlayapman. Muhimi – halol mehnat qiliş”.

Foto: Kun.uz

Temir maşinalarni mohirlik bilan boşqarayotgan krançi va elektr uskunalardan hayiqmay foydalanayotgan payvandçi ayollarimizni körib, amin böldikki, qiziqiş va intiliş bölsa, har qanday kasb ham jins tanlamas ekan.

Ruslan Saburov,
Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi – Abdusalim Abduvohidov