Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Bugun 9 mart kuni Andijon viloyati hokimligi majlislar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rilib, viloyat hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlangan.

Gulnora Abdullayeva
Qayd etilishicha, Gulnora Abdullayeva Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
G.Abdullayeva 1967 yili Izboskan tumanida tug‘ilgan. 1989 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1989 yili Andijon paxtachilik instituti o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan.
1990 yildan 2006 yilgacha Andijon viloyat ijroiya komiteti ijtimoiy, madaniy muassasalar bo‘limining 1-toifali mutaxassisi, Andijon viloyat hokimligining 1-toifali mutaxassisi, Izboskan tumani hokimligi xususiylashtirish bo‘limi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Andijon viloyat hokimligining yetakchi mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
2006 yildan 2020 yilgacha esa Madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining Andijon viloyatidagi vakili, tarmoq raislari Kengashining raisi, O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining viloyatdagi mas’ul tashkilotchisi bo‘lib ishlagan.
Tayinlovga qadar esa Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Avvalroq, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosarlaridan biri o‘zgargani xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tanqidga toqatsizlik belgisi yoxud jamoatchilikning ko‘zi qanday moylanmoqda?
O‘zbekiston | 19:53
-
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
Jahon | 19:20
-
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi
Jahon | 18:08
-
Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
Jahon | 17:43
Mavzuga oid

20:23 / 16.02.2025
Qozog‘istonda korrupsiyada ayblangan hokim o‘rinbosari O‘zbekistonda ushlandi

20:14 / 16.12.2024
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

15:09 / 03.12.2024
Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va bo‘limi boshlig‘i lavozimi tugatiladi

17:27 / 30.11.2024